Makroiqtisodiy beqarorliklar. Inflyatsiya va ishsizlik Reja: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o'lchanishi. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. Ouken qonuni. Inflyatsiyaning mohiyati va o'lchanishi. Talab va taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi bog'liqlik. Fillips egri chizig'i 1. iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o'rganish, ulardan xech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko'rsatadi. Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o'tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. SHunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (4-chizma). YAIM cho'kki retsessiya cho'kki potentsial YAMM trendi ko'tarilish pasayishning kuyi nuqtasi iqtisodiy davr vaqt t 4-chizma. iqtisodiyotning davriy rivojlanishi iqtisodiy davrlar to'rtta bosqichni o'z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo'lib, u «cho'kki» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to'lik bandlik, ishlab chiqarish to'la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining o'sish holati kuzatiladi. Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o'sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina bahoning o'sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning kuyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng kuyi darajaga tushadi va turgunlik davri boshlanadi. Ko'tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to'lik foydalanish va to'lik bandlik darajasiga erishiladi. yuqorida ta'kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo'lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko'ra o'zaro farq qilib turadi. SHuning uchun xam iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to'gri bo'ladi deb hisoblashadi. iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko'rsatadi. Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro'y beradigan o'zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuklarini ko'llash natijasida iqtisodiyotda o'sish ro'y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi yoqilg'i sanoati, neft kazib chiqarish, ximiya, yo'l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo'ldi. YAngi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim xam yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo'ladi. Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog'lashadi. Bu jarayonni monetar siyosatga boglaydigan olimlar xam mavjud. YA'ni, davlat kanchalik ko'p pul bosib chikarsa, uning kadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori kanchalik kam bo'lsa, ishlab chiqarish ko'lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.07 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.07 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:43 ]
Arxiv ichida: docx