Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti, obyekti

Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti, obyekti

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti, obyekti - rasmi

Material tavsifi

Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va obyekti. Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan bo'lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo bo'ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o'zaro bog'liqligi va o'zaro ta'siri xos bo'lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan Kene jadvali ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo'lladi. Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo'yilgan edi deb takidlash mumkin. Keyinchalik, K.Marks o'zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o'zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo'limi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o'zining Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga etkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot o'z predmeti va tadqiqot usullariga ko'ra mustaqil fan sifatida XX asrning o'rtalariga kelib shakllanib bo'ldi. Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo'limi hisoblanib, unda milliy xo'jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko'rinishi o'zaro farqlanadi: a) pozitiv makroiqtisodiyot; b) normativ makroiqtisoiyot. Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqador-liklarini o'rganadi. Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki no- maqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo'nalishlarini taklif etadi. Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo'limi sifatida makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o'zaro farqlab olishimiz zarur. Mikroiqtisodiyot predmeti bo'lib belgilangangan iqtisodiy shart-sharoitlarda uy xo'jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul qilish mexanizmi hisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil obyekti bo'lib alohida tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o'zaro munosabatlari va o'zaro ta'sirini tahlil qilinadi Mikroiqtisodiyotda belgilangan deb qabul qilingan, yani mikroiqtisodiy tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan ko'pgina ko'rsatkichlar, jumladan iste'molchilarning daromadlari, jamg'armalari, foiz stavkasining dinamikasini va buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq qiladi. Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o'sishini, resurslarning to'liq bandliligini, inflyatsiyaning past suratlarini va to'lov balansining muvozanatini ta'minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o'rganadi. Keltirilgan ta'rifdan ko'rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o'zaro bog'liq uch jihatni ajratib ko'rsatish mumkin. Bular: milliy iqtisodiyot; davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 3) jahon xo'jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o'zaro munosabatlari masalasi. 1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.86 KB
Ko'rishlar soni 444 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.86 KB
Ko'rishlar soni 444 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga