Marjinalizm iqtisodiy ta'limotining shakllanishi, umumiy ta'rifi XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asrning boshlarida iqtisodiy ta'limotlarning rivojlanishi (evolyutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlarni aks ettirar edi. XIX asrning so'nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa bo'ldi. Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarning, ayniqsa mehnat bilan kapital o'rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro'y berdi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham chinakam inqilobiy o'zgarish yuz berib aynan shu davrda Yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi. Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta'limot fanda «marjinalizm» ta'limoti deb nomlanib XX asrning 30-yillarigacha o'z mavqeini saqlab turdi. Marjinalizm fransuzcha «marginal» so'zidan olingan bo'lib «eng yuqori», (chegaraviy) degan manonibildiradi. Bu boradagi o'zining ilk fikrlarining U.Stenli Jevons 1862yilda Britaniya fanlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan «Siyosiy iqtisodning umumiy nazariyasi haqida qisqacha bildirish»nomli ma'ruzasida bayon etgan edi. 1871yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini ilmiy asoslashga bag'ishlangan fundamental asar bo'lgan «Siyosiy iqtisod nazariyasi»nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871yilda Avstriyada Karl Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari»nomli kitobi ham elon qilindi. Bu kitobda ham xuddi mana shu «eng yuqori foydalilik»nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab berildi. 1874 yilda Shveytsariyada Leon Valrasning «Sof iqtisodiyot fani elementlari»nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to'liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib yangi yo'nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis va fransuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi. Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo'lib o'rganish maqsadga muofiqdir. Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o'z ichiga olib iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g'oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy mavzu inson psixalogik xususiyati, yani uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o'rganiladi. Shuning uchun marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta'limotlardagi «subyektiv yo'nalish» deb ataldi. Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to'g'ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko'pgina mamlakatlarda mashhur va asosiy ta'limotga aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutug'lari subyektiv-psixologik yo'nalishdan vos kechib iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g'oyalar namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini yani neoklassik iqtisodiy ta'limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. B.Klark va V.Pareto katta hissa qo'shdilar. Marjinal iqtisodiy g'oyalarni yuqorida qayd etilgan ikkala bosqichini o'ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ta'riflashimiz mumkin. Birinchi. Dastlabki marjinalistlar o'zlarining subyektiv oqimlarida asosiy etiborni iqtisodiy tahlil jarayonida istemol (talab)ning tutgan ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.65 KB
Ko'rishlar soni
546 marta
Ko'chirishlar soni
94 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.65 KB
Ko'rishlar soni
546 marta
Ko'chirishlar soni
94 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:43 ]
Arxiv ichida: docx