Mehnat jarayoni va uni o'rganish usullari

Mehnat jarayoni va uni o'rganish usullari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Mehnat jarayoni va uni o'rganish usullari - rasmi

Material tavsifi

Mehnat jarayoni va uni o'rganish usullari Mehnat jarayoni deganda, ishlab chiqarish davridagi birorta ish turini bajarish uchun mehnat predmetiga bir tomondan, mehnat kuchining, ikkinchi tomondan, tabiatning ta'siri asosida amalga oshiriladigan jarayon tushuniladi. Masalan, o'simchilik tarmog'ida ishlab chiqarish davri yerni shudgorlash, tekislash, ekish, o'simliklarni parvarishlash, hosilni yig'ib-terib olish, mahsulot va yuklarni transport vositalarida tashish kabi jarayonlardan iborat bo'ladi. Chorvachilikda bu davrda sog'ish, jun qirqish, mollarni oziqlantirish, molxonalarni tozalash kabi mehnat jarayonlari bajariladi. Har bir mehnat jarayoni, o'z navbatida, muayyan amallardan, masalan, dehqonchilik jarayoni yerni, urug'likni ekishga tayyorlash, urug'likni transport yordamida ekiladigan joyga qadar tashib kelish, ekish kabi mehnat amal(operatsiya)laridan iborat bo'ladi. Mehnat jarayonining eng kichik elementi harakat hisoblanadi, uni bajarish uchun bir necha sekund vaqt sarflari belgilanadi. Mehnat normalarini belgilashda: tabiiy sharoitlar (tuproqning mexanik tarkibi, dalaning uzunligi, kengligi, nishabi, begona o'tlar bilan qoplanganlik darajasi, tuproqning namlik darajasi); texnik omillar (traktorning tortish kuchi, transportning yuk sig'dirish imkoniyati, yuklarni ortish va tushirish usuli, agregatning qamrov kengligi); tashkiliy agrotexnika omillari (ishlov berishda chuqurlik darajasi, ekish sxemasi, bir gektarga urug'lik me'yori, mineral o'g'itlar me'yori, chorva mollarini boqish, parvarishlash va sog'ish usullari); biologik omillar (o'simliklarning bir gektar yerdagi tup soni, ularning baland-pastligi, hosildorligi); ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar (ish kunining davomiyligi, mehnatning intensivligi, sanitariya-gigiyena sharoiti, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma sharoiti); ish bajaruvchining shaxsiy belgisi hisobga olinadi. Qo'llanadigan mexanizatsiya vositalari va amalga oshirish xususiyatlarining o'zaro o'xshashligiga ko'ra, mehnat jarayonlari quyidagi turkumlarga bo'linadi: O'simlikchilik tarmog'ida mexanizatsiya vositalaridan foydalanib bajariladigan mehnat jarayoni turkumi. Bunda ish bajaruvchining vazifasi mashinaga o'tirib, uni boshqarib turishdan iborat. Mehnat normasi gektar, kubometr, sentner bilan o'lchanadi. Bir yerda turib ishlaydigan mexanizatsiya vositalari yordamida bajariladigan mehnat jarayoni turkumi. Bunda mehnat normasi bir soat va bir smena davomida mashinada ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan o'lchanadi. Qo'l yordami bilan bajariladigan mehnat jarayoni turkumi bevosita qo'l yordamida bajariladigan mehnat jarayonlaridan yoki mexanizatsiya ishlatilgan joydagi qo'l yordamida bajarish mumkin bo'lgan qoldiq ish turlaridan iborat. Chorva mollarini parvarishlash bilan bog'liq ishlar turkumi cho'pon, molboqar o'ziga biriktirilgan sut emizuvchi mollarni, buzoqlarni parvarishlash jarayonida amalga oshiriladigan yumushlarni o'z ichiga oladi: transport yordamida bajariladigan mehnat jarayoni turkumi; ta'mirlash ishlarida bajariladigan mehnat jarayonlari turkumi; qurilish ishlarida bajariladigan mehnat jarayonlari turkumi; boshqaruv xodimlari hamda mutaxassislarga talab etiladigan mehnat jarayoni turkumi. Mehnat jarayonlari asosan kuzatish yo'li bilan aniqlanadi. Kuzatish 3 xil usulda olib boriladi: Suratga olish usuli. Bunda ishning boshlanishidan to oxiriga qadar bajariladigan hamma mehnat amal(operatsiya)lari kuzatilib, bajarish ketma-ketligi ishlarni ketma-ket bajarish tartibi bo'yicha kuzatish varaqasiga yozib boriladi. Eng qisqa vaqt sarfi daqiqalar bilan belgilanadi. Xronometraj usuli. Bu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.28 KB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.28 KB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga