Mehnatga haq to'lash shakllari va tizimi

Mehnatga haq to'lash shakllari va tizimi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Mehnatga haq to'lash shakllari va tizimi - rasmi

Material tavsifi

Mehnatga haq to'lash shakllari va tizimi Kishining mehnat faoliyati turli-tuman bo'lganligi uchun, uning mehnatiga haq to'lash ham turlicha shakllarda namoyon bo'ladi. Ish haqining ikki shakli qabul qilingan: ishbay haq to'lash; vaqtbay haq to'lash. Mehnatga ishbay haq to'lash - xodimlarning haqiqatda bajargan ishi yoki yetishtirgan mahsulotiga to'lanadigan ish haqidan iborat. Ishbay haq to'lash bajariladigan ishga yoki mahsulotga me'yor belgilash imkoniyati bo'lgan va uni aniq hisobga olish mumkin bo'lganda keng qo'llaniladi. Ish haqi to'lashning bu shakli xodimlarni ishni bajarishdagi moddiy manfaatdorligini ta'minlovchi asosiy omillaridan hisoblanadi. Vaqtbay haq to'lash bu xodimlarning sarflangan ish vaqti, ya'ni soat, smena, kun uchun to'lanadigan ish haqidan iborat. Mehnatga haq ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga yoki bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulot uchun to'lanishi mumkin. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga ish haqi yakka tartibda yoki mayda guruh, guruh tartibida bo'lishi mumkin. U yoki bu haq to'lash tartibini qo'llash, ekin turlari, mahsulot yetishtirish texnologiyasi, mehnat jarayonining shu jarayon pirovad oqibat natijasi bilan qanchalik bog'langanligiga, ya'ni mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi qanchalik darajaga yetganligiga bog'liq. Bundan tashqari mehnatga haq to'lash o'z vazifasiga ko'ra: - asosiy ish haqi to'lashga; - qo'shimcha haq to'lashga bo'linadi. Asosiy ish haqi -agrotexnika, zootexnika hamda tashkiliy xo'jaligi talablariga ko'ra, belgilangan ish, mahsulot yetishtirish me'yorini bajarganligi uchun oldindan belgilab qo'yilgan stavka yoki rassenka, lavozim okladi to'lanadigan ish haqidan iborat. Bu kafolatlangan ish haqini tashkil qiladi. Qo'shimcha ish haqi - qo'shimcha mehnat sarf qilish, ish jarayonlarini takomillashtirish orqali qo'shimcha yetishtirilgan mahsulot yoki yuqori sifatli mahsulot hamda shu mahsulotlarni yetishtirish uchun xarajatlarni tejash evaziga to'lanadigan ish haqidir. Qo'shimcha ish haqi natural va pul holida to'lanishi mumkin. Qo'shimcha ish haqining hajmi juda katta bo'lmasligi kerak. Aks holda u asosiy ish haqini ahamiyati va rolini keskin kamaytiradi. Mehnatga haq to'lashning ham asosiy, ham qo'shimcha turlari juda ko'p ko'rinishda bo'lganligi sababli oqilona foydalanish uchun ular ma'lum tizimda qo'llaniladi. Mehnatga haq to'lash tizimi - o'zaro bog'langan, bir maqsadga qaratilgan, bir-birini to'ldiruvchi turli haq to'lash shakllarining o'zaro yig'indisidir. Ishbay haq to'lash tizimlariga: - oddiy chegaralanmagan ishbay tizimi; - ishbay progressiv tizim; - ishbay mukofot tizimi; - akkord mukofot tizimi. Mehnatga haq to'lashni oddiy chegaralanmagan tizimida xodimlarga ish haqi mehnat me'yorining bajarilish darajasidan qat'i nazar o'zgarmagan stavka va rassenkalarda to'lanib boriladi. Masalan, paxtani qo'lda terishni olsak, me'yor 60 kg. Belgilangan, ish ta'rif jadvalining IV razryadi bo'yicha ta'riflashtirilgan bo'lsa, 1 kg paxta uchun 25 so'm to'lash kerak bo'ladi. Bunda ishchiga me'yorni bajarish va bajarmasligidan qat'iy nazar (ya'ni qancha paxta terishidan qat'i nazar) har bir kilogramm tergan paxtasi uchun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.4 KB
Ko'rishlar soni 559 marta
Ko'chirishlar soni 66 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.4 KB
Ko'rishlar soni 559 marta
Ko'chirishlar soni 66 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga