Mehnatga haq to'lash tamoyillari va vazifalari

Mehnatga haq to'lash tamoyillari va vazifalari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Mehnatga haq to'lash tamoyillari va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Mehnatga haq to'lash tamoyillari va vazifalari Qishloq xo'jaligi korxonalarida ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, ishchi va xizmatchilarning mehnat faolligi va mehnat intizomi ko'p jihatdan moddiy manfaatdorlik tamoyiliga amal qilinishiga bog'liq. Moddiy manfaatdorlik tamoyili ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish munosabatlari va manfaatlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, avvalo, ma'lum manfaatlar sifatida namoyon bo'lishini tushunishimiz kerak. Moddiy manfaatlar har doim mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bazasida vujudga keladigan bo'lganligi uchun, ular obyektiv xarakterga ega. Moddiy manfaatlar kishilar tomonidan to'la tushunib olingandan keyin ma'lum maqsad va harakat sifatida namoyon bo'lganda rag'batlantiruvchi kuch va moddiy rag'batlantirishga aylanadi. Agar moddiy manfaatlar sinflar, ijtimoiy guruhlar, ayrim jamoalarning o'zaro va jamiyat bilan hamda xodimlarning korxonalar va jamiyat bilan bo'ladigan munosabatlarini ifodalaydigan bo'lsa, moddiy manfaatdorlik esa oxirgi munosabatlar guruhi, ya'ni xodimlarning korxona jamoa va jamiyat bilan bo'ladigan munosabatlari bir qismini ifoda etadi. Bu tushunchadan shunday xulosa kelib chiqadiki, ishlab chiqarish va mehnat texnika bilan qancha qurollanib borsa, ishlab chiqarishdagi xodimlarning roli, shu vositalardan samarali foydalanishdagi moddiy va ma'naviy manfaatdorligini ta'minlashning ahamiyati shuncha ortib boradi. Moddiy manfaatlar juda ko'p bog'lanishda bo'ladi. Ular tizimini quyidagi uch guruhga bo'lish mumkin: - ijtimoiy manfaatlar; - shaxsiy manfaatlar; - jamoa manfaatlar. Bu manfaatlar guruhlari o'zaro dialektik birlik va noantogonistik qarama-qarshiliklarda namoyon bo'ladi va harakat qiladi. Ijtimoiy manfaatlar - butun jamiyat manfaati, barcha mehnatkashlarning manfaati. Jamoa manfaatlari - davlat, jamoa, ishlab chiqarish jamoalarini manfaati. Shaxsiy manfaatlar esa, avvalo, jamiyatning ayrim kishilari manfaati. Shaxsiy manfaat faqatgina mehnatga haq to'lash bilan cheklanmaydi. Iqtisodiy munosabatlar moddiy manfaat doirasida takror ishlab chiqarishning hamma bosqichlarida amal qilganligi uchun taqsimot va ayniqsa, iste'mol vositalari taqsimotida juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mehnatga qarab taqsimot iqtisodiy qonuni talabini amalga oshirish mehnatga haq to'lashni to'g'ri tashkil etish orqali shaxsiy manfaatdorlik ta'minlanadi. Qishloq xo'jaligi korxonalarida shaxsiy manfaatdorlikni ta'minlash vositalaridan biri bo'lgan mehnatga haq to'lashni to'g'ri tashkil etish uchun quyidagi tushunchalarga amal qilish talab etiladi: 1. Ish haqini o'sish sur'ati mehnat unumdorligining o'sish sur'atiga to'g'ri kelishi, ya'ni mehnatga haq to'lashni tashkil qilishda uning shunday shakl va tizimini ishlab chiqish va joriy qilish kerakki u mehnat unumdorligini ustun darajada o'sishini ta'minlasin, aks holda ijtimoiy jamg'arishni amalga oshirib bo'lmaydi. 2. Ish haqi darajasi xodimlarning o'z malakasi va mutaxassisligini doimo oshirib borishga rag'batlantirish darajasida bo'lishi. 3. Mehnatga haq to'lashni tashkil qilishda bajariladigan ishlarning xususiyati, ishlarni bajarish, mahsulot yetishtirish sharoitlari, ishlarning og'ir yoki yengilligi, malakali mehnatni talab qilish-qilmasligi hisobga olinishi kerak. 4. Haq to'lashning shakl va tizimi hamda darajasi ishlab chiqarishning miqdor ko'rsatkichlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.94 KB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.94 KB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga