Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati Avvalgi davrdagi iqtisodiy g'oyalarda natural xo'jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta'limot paydo bo'ldi, bu merkantilizm ta'limotidir. «Merkantilizm» iborasi birinchi bo'lib Adam Smitning asarlarida o'z ifodasini topdi. Lug'aviy manosiga ko'ra bu so'z italyancha bo'lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so'z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o'zida aks ettiradi. Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko'rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o'zgardi. Bu ta'limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo'ldi. Avvalo feodal tuzumning emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o'sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo'lishi, savdo-sotiqning rivojiga turtki bo'ldi. Noekvivalent almashuv savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o'zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala sohasini o'rganish bilan shugullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu davrga kelib Yevropada oltin va kumush qaxatchiligi boshlandi. Hindistonda nodir metallar ko'p, degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi. Pul vazifasini bajargan nodir metallar (xali qog'oz pul yo'q), ularning oxangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg'azdi, insonni o'ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, dengizda kemalar orqali xavfli yo'lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog' to'plandi. Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko'proq oltin va kumush keltirish deb aniqlandi. Bu davrda pul sifatida qimmatbaho metallar-oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko'paytirish borasida malum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi. 1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qitasini ochdi (u o'zini Hindistondaman deb o'ylagan, shuning uchun qita nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to'g'rilash uchun bu qitadagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko'pchilik o'ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko'pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo'l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo'ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropadavlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u erlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Yevropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo'xori, tamaki, kofe, kakao). Yevropadagi davlatlar o'rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o'rtasida kurash ham qizidi. Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivoji uchun muhim ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.23 KB
Ko'rishlar soni
456 marta
Ko'chirishlar soni
98 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.23 KB
Ko'rishlar soni
456 marta
Ko'chirishlar soni
98 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:44 ]
Arxiv ichida: docx