Metallshunoslik asoslari Elementlarning davriy tizimidagi 105 elementning 83 tasi metalldir. Ular, asosan, qora va rangli metallar guruhiga bo'linadi. Qora metallar. Temir hamda karbon qotishmasidan hosil bo'lgan mahsulotga qora metall deyiladi. Qotishmalar tarkibidagi karbonning miqdoriga qarab po'lat (C 2% gacha) va cho'yan (C 2,0-6,67%) turlariga bo'linadi. Cho'yan domna pechlarida temir rudasidagi temir clementini tiklash yo'li bilan olinadi. Tiklagich vazifasini koks yonishida hosil bo'ladigan karbon bajaradi. Reaksiya quyidagicha o'tadi: FeO7Fe2OSiO2Al2O3(magnetit)+CaCO3(ohak)+(koks)( haroratda)→ Fe3C(oq cho'yan) +CaOSiO2Al2O3 (shlak)+3CO2. Ohak rudaga aralashib qolgan keraksiz jinslarni ajratish uchun xizmat qiladi. Olingan cho'yanning sinig'idagi rangi oqish bo'lganligi sababli oq cho'yan deyiladi. Bu cho'yanning tarkibida sementga o'xshash qattiq sementit (temir karbidi) ko'p bo'lganligidan juda tno'rt bo'ladi va shu sababli u qayta ishlanib kulrang yoki bolg'alanadigan cho'yanga aylantiriladi. Oq cho'yan eritilib, sekin sovitilsa, undagi sementit parchalanib, temir va yassi shakldagi karbonga aylanadi. Bunday cho'yanning mo'rtligi ancha past bo'lib, siniq joyi kulrang bo'ladi. Undan qozon, pechka, isitish radiatorlari va dazmolning tag qismi ishlab chiqariladi. Oq cho'yan gacha qizdirilib, sekin sovitilsa, sementit temir va pag'asimon shakldagi karbonga aylanadi. Bunday cho'yan bolg'alanishda sinmaydi. Bunday cho'yandan eshik va deraza asMA'RUZAlari, gayka kalitlari hamda turli mashina qismlari tayorlanadi. Po'lat marten yoki elektr pechlarda oq cho'yan tarkibidagi karbonni qisman kuydirish yo'li bilan olinadi. Po'lat to'g'ridan-to'g'ri lemir rudasidan ham olinishi mumkin. Tarkibidagi karbon miqdoriga qarab konstruksion (C 0,6% gacha) va instrumental (C 0,6-2,0%) turlarga bo'linadi. Karbon elementi ko'p po'latlar qattiqligi uchun hunarmandchilik asMA'RUZAlari (gayka kalitidan bo'lak), xo'jalik pichoqlari va ustaralar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qolgan tovarlar konstruksion po'latdan tayyorlanadi. Po'latga ba'zi maxsus xususiyatlar berish maqsadida tarkibiga turli qo'shimchalar qo'shiladi (legirlanadi). Bunday po'latlarni yetti guruhga bo'lish mumkin: Zanglamaydigan po'lat. Tarkibida 13 yoki 18% xrom bor. Sirtida hosil bo'lgan oksid (FeCr)2О3 qatlami zanglashdan saqlaydi. Qatlam qirilsa, buyum zanglaydi. Issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti past bo'lgan po'lat. Tarkibida 36% invar (lot. o'zgarmas) yoki 42% nikel (platinit) bor. Invar bimetall taxtachasi va platinit elektr lampalarning shisha tutqichi ichidagi elektrod uchun ishlatiladi. Yuqori qarshilikka ega po'lat. Tarkibida 13% xrom va 4% alumin bo'lgan elektr plitalar isitkichi uchun ishlatiladigan fexral kiradi. Doimiy elastiklik koeffitsiyentiga ega po'lat. Tarkibida 42% xrom, 8% marganes, 2% titan va 1% alumin bor elinvar (lot. o'zgarmas elastikli) kirib, soatning qilsimon prujinasi, kamerton, silfonlar uchun ishlatiladi. Yumshoq magnitli po'lat. Tarkibiga 2 yoki 4% kremniy qo'shilgan transformator po'lati bo'lib, undan transformator va dvigatellar o'zagi yasaladi. Magnitoelastik po'lat. Bular magnitofon lentasiga sepiladigan, tarkibida 12% kobalt va 17% molibden, tarkibida 10% alumin, 19% nikel, 18% kobalt bor alniko deb yuritiladi. Tezkesar po'lat. Tarkibiga 1% gacha xrom, ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.35 KB
Ko'rishlar soni
287 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.35 KB
Ko'rishlar soni
287 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:44 ]
Arxiv ichida: docx