Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi Reja: Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda Mikroiqtisodiyot fanining roli Mikroiqtisodiyotfanining predmeti, vazifalari va metodi Tanlash muammosi. Alternativ xarajatlar Iqtisodiy tahlil metodologiyasi 1.Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishdaMikroiqtisodiyot fanining roli Har bir inson jamiyatda yashayotgan ekan, u doimiy ravishda iqtisodiy jarayonlarga duch keladi, iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanadi. Jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq foydalanishni ta'minlaydigan yo'nalishlarni tanlash va yuqori natijalarga erishishdan iborat. Odatda kishilar o'z manfaati yo'lida, korxonalar - foyda miqdorini ko'paytirish yo'lida harakat qiladi, davlat bo'lsa ana shular faoliyatini yagona maqsad yo'lida - jamiyatning farovonligini, kishilar turmush sharoitini yuksaltirishga qaratishi lozim. Turli davlatlarda bu maqsadga har xil darajada erishiladi. Mikroiqtisodiyot fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xo'jaligining quyi bo'g'inidagi obyektlar faoliyatiga taalluqli fan bo'lganligi uchun u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo'lgan moddiy ne'matlarni ko'paytirishni tashkil etishda muhim rol o'ynaydi. Iqtisodiy muammolarning tub mohiyati resurslarning cheklanganligi hamda inson ehtiyojlarining cheklanmaganligi bilan izohlanadi. Bu jarayon iqtisodiyot nazariyasining predmetini belgilab beradi. Iste'molchio'zining daromadlarini cheklanganligi sababli, istalgan tovar va xizmatlarni sotib ola olmaydi. Firmao'zi uchun muhim ustivor yo'nalishlarni belgilab olib, boshqa yahshi loyihalardan voz kechishga majbur. Davlato'zining ijtimoiy siyosatini qat'i belgilangan chegaralarda olib borishga majbur. U daromadlari cheklanganligi sababli, fundamental ilmiy tadqiqotlarni bir vaqtning o'zida moliyalashtira olmaydi. 2.Mikroiqtisodiyotfanining predmeti vavazifalari Zamonaviy iqtisodiy nazariya tarkibiy jihatidan 2 katta bo'limga ajratiladi: Mikroiqtisodiyotva Makroiqtisodiyot. Makroqitisodiyot - umum iqtisodiy tizimni va uning yirik tarmoqlari faoliyatini o'rganadi. O'rganish obyekti - MD, YaIM, iqtisodiy o'sish va umumiy bandlik darajasi, iste'mol xarajatlari, milliy jamg'armalar va boshqa yirik ko'rsatkichlarni o'rganadi. Mikroiqtisodiyot - alohida iqtisodiy subyektlar (iste'molchilar, ishchilar, investorlar, firmalar va boshqa) faoliyatini o'rganadi. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti - bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'mol hajmi, narxlarning shakllanishi, resurslarning tarmoqlararo qayta taqsimlanishi, iste'molchilarning tovar sotib olishi, ishlab chiqaruvchilarning esa uni ishlab chiqarishi, sotishi va shu kabi boshqa jarayonlarni o'rganish hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot fanining vazifalari quyidagilardan iborat: Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmi Resurslardan samarali foydalanish yo'llarini Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar, korxonalar va uy xo'jaliklarining tutgan o'rni Raqobatlashuv va korxonalar samaradorligi Ishlab chiqarish va uni tashkil etish kabilarni o'rganish va ularni tahlil qilish. Mikroiqtisodiyot fani barcha ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog'liqdir. Masalan, iqtisodiyot nazariyasi, kichik biznes va tadbirkorlik, tarmoqlar iqtisodiyoti, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, moliya va kredit, marketing va menejment, matematika, bank ishi va boshqalar. Mikroiqtisodiyot fani alohida shaxslar, uy xo'jaliklari, korxona, davlat va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning iqtisodiy ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.7 KB
Ko'rishlar soni
399 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.7 KB
Ko'rishlar soni
399 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:44 ]
Arxiv ichida: docx