GLOSSARIY Mikroiqtisodiyot -alohida iqtisodiy subyektlar (iste'molchilar, ishchilar, investorlar, firmalar va boshqa) faoliyatini o'rganadi. Mikroiqtisodiyot - bozor sharoitida konkret tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'mol hajmi, narhlarning shakllanishi, resurslarning tarmoqlararo qayta taqsimlanishi, iste'molchilarning tovar sotib olishi, ishlab chiqaruvchilarning esa uni ishlab chiqarish, sotish va shu kabi boshqa savollarni o'rganadi. Resurslar - inson uchun kerakli bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddiy ne'matlar va xizmatlar yig'indisidir. Ehtiyoj - shaxsni hayot faoliyatini ushlab turish uchun shart bo'lgan obyektiv ehtiyojlar. Ehtiyojlar birlamchi (oziq - ovqat mahsulotlari) va ikkilamchi (tafakkurni kuchaytirish) bo'lishi mumkin. Bozor - alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o'rtasidagi o'ziga xos shakldagi munosabatlar yig'indisidir. Uy xo'jaliklari - moliyaviy masalalarni birgalikda xal qiluvchi, bir tom ostida yashaydigan shaxslardan iborat xo'jalik birligidir. Uy xo'jaliklari iste'molchilar sektoriga tegishlidir. Firma - ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanadigan, asosiy ishlab chiqarish muammolarini shaxsan o'zi xal qiladigan iqtisodiy subyektdir. Firma ishlab chiqaruvchi sektoriga tegishlidir. Mehnat - aqliy va jismoniy qobiliyat orqaliiqtisodiy ne'matlarni yaratish bo'yicha insonning faoliyati. Investitsion resurslar -ilgari inson mehnati orqali yaratilgan ne'matlar. Real kapital - iste'molchilar uchun xizmatlar ko'rsatishda tovarlar ishlab chiqarish va tashishda foydalaniladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob - uskunalar, vositalar, inshoatlar va boshqalar. Moliyaviy kapital - (ular, obligatsiyalar, bank depozitlari va pullari) ishlab chiqarish omillariga kirmaydi, chunki real ishlab chiqarish bilan bog'liq emas, faqatgina real kapitalga erishishda foydalaniladigan bir vosita bo'lib xizmat qiladi. Yer - qishloq xo'jaligi, shahar sanoat, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan foydali resurslar, suv resurslari. Tadbirkorlik iqtidori - ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, asosiy masalalarni hal qilish, tavakkalchilikka yo'l qo'yish, yangi texnologiyalarni jalb qilish qobiliyatlari majmui. Axborot - Jahon xo'jaligi va undagi jarayonlar haqida ma'lumotlar. Aniq ma'lumot, axborotga ega bo'lish, iqtisodiy subyektlar oldida turgan global muammolarni hal qilishga turtki bo'ladi. Bilim - boshqaruv, savdo-sotiq, iste'molchilarga xizmat ko'rsatish sohasidagi malakali kadrlar tomonidan eng to'g'ri qarorni qabul qilishda asosiy vosita sifatida qo'llaniladi. Muqobil (alternativ) xarajatlar - bir tovarni ishlab chiqarish, uning sonini oshirish uchun boshqa bir tovardan voz kechish alternativ xarajatlar, yoki voz kechilgan imkoniyatlar xarajatlari deyiladi. Pareto iqtisodiy samarasi - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda xech kim boshqa bir kishining iqtisodiy holatini yomonlashtirmay o'z ahvolini yaxshilab olmaydi. Pozitiv yondashuv - iqtisodiy subyekt qabul qilgan qarorni obyektiv tahlil qilish va oqibatlarini bashoratlashni ko'zda tutadi. Prozitiv yondashuv tadqiq qilinayotgan jarayonning sabab va oqibatlarini aniqlashga yordamlashadi. Normativ yondashuv - qarama-qarshi tadqiq qilinayotgan jarayonga nisbatan subyektiv baho berish bilan shug'ullanadi. Tadqiq qilish natijasida amaliy taklif va tavsiyalar beradi. Iqtisodiy ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.63 KB
Ko'rishlar soni
350 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.63 KB
Ko'rishlar soni
350 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:44 ]
Arxiv ichida: docx