Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o'lchamlari

Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o'lchamlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o'lchamlari - rasmi

Material tavsifi

MILLIY IQTISODIYoT VA UNING MAKROIQTISODIY O'LChAMLARI. YaLPI MILLIY MAHSULOT VA UNING HARAKAT ShAKLLARI Reja 1.Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari 2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari 3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari Oldingi boblarda biz iqtisodiy jarayonlar va ulardan sodir bo'ladigan munosabatlarni umumiqtisodiy va korxonalar darajasida ko'rib chiqqan edik. Mazkur bobdan boshlab iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlariga tavsif beriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan yalpi ichki mahsulot, uning tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni va harakat shakllari yoritiladi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash tizimi hamda uning asosiy ko'rsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi. 14.1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari Barchamizga malumki, o'tmishda O'zbekiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo'lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg'i, g'alla va boshqa ko'pgina ishlab chiqarish vositalari, istemol tovarlarining ta'minlanishi bo'yicha markazga qaram bo'lgan iqtisodiyot meros bo'lib qolgan edi. Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganlaridek, «O'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga - markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo'lgan» mamlakat edi. Lekin, eng yomoni, O'zbekiston iqtisodiyoti asosan xomashyo tayyorlashga yo'naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo'rt va nochor holga tushib qolgan bo'lib, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga haloqatli ta'sir o'tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo'ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega bo'lishiga qaramay, Respublikamiz sobiq SSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo'yicha oxirgi o'rinlardan birida turar edi. 14.2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari Jamiyat a'zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy jihatdan o'zgarib, yangilanib, miqdoran ko'payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlari ham to'xtovsiz yangilanib, va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko'rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish. Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlarining o'zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi. Odatda bunday ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish ko'proq o'z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan natural xo'jalik va oddiy tovar xo'jaligi davri uchun xos bo'lgan. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish miqyoslarining muntazam ravishda oshib borgan holdagi takrorlanishiga aytiladi. Bu turdagi takror ishlab chiqarish hozirgi davrdagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir. Ijtimoiy takror ishlab ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.09 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.09 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga