Milliy iqtisodiyotning tarmoqlararo balans modeli

Milliy iqtisodiyotning tarmoqlararo balans modeli

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Milliy iqtisodiyotning tarmoqlararo balans modeli - rasmi

Material tavsifi

Milliy iqtisodiyotning tarmoqlararo balans modeli Reja: 1. Milliy iqtisodiyotda tarmoqlarning o'rni. 2. Tarmoqlararo balansning umumiy tuzilishi. 3. Balans modellaridagi matematik bog'lanishlar. 4. Tarmoqlararo balans qismlarining xarakteristikalari. 5. Bevosita moddiy xarajatlar koeffitsiyentlarini aniqlash. 6. Mehnat xarajatlari koeffitsiyentlarini aniqlash. Tarmoqlararo balans modeli - bu matritsaviy makroiqtisodiy model. Tarmoqlararo balans modeli - milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini o'z ichiga olgan va optimal proportsiyalarni aniqlaydigan matematik modeldir. Tarmoqlararo balans modeli yordamida - milliy iqtisodiyotning yalpi mahsuloti aniqlanadi. Tarmoqlararo balans modelida bevosita xarajatlar - bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlardir. Tarmoqlararo balansning matematik modeli - bu matematik tenglamalar sistemasidir. Milliy iqtisodiyot darajasidagi tarmoqlararo balans (TAB) da milliy daromadning yaratilishi va taqsimlanishi, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish, tarmoqlar o'rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari hamda ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi o'z aksini topadi. Xalq xo'jaligida mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlanishi tarmoqlararo balansining matematik modeli. Balans tuzishda quyidagilarga asoslanamiz: a) ishlab chiqarish tarmoqlarini i harfi bilan iste'molchi tarmoqlarni j harfi bilan tartiblaymiz; i=1,2,3,,n; j=1,2,3,,n. b) xalq xo'jaligining har bir tarmogi balansda ishlab chiqaruvchi hamda iste'molchi sifatida qatnashadi; v) ishlab chiqarish tarmoqlariga balansdagi muayyan bir qator, iste'molchi tarmoqlariga esa muayyan bir ustun mos keladi. Xij kattaliklar i-tarmoqda ishlab chiqarilgan va j-tarmoqda istemol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini ko'rsatadi. Tarmoqlararo balansning satrlarida moddiy ishlab chiqarishning har bir tarmogidagi yillik mahsulot xajmining taqsimlanishi o'z aksini topadi. Masalan, 1-tarmoq qatoridagi X11, X12, X13,, X1n kattaliklar elektroenergiya tarmogi mahsulotining shu tarmoqning o'zida, kumir sanoatida va barcha boshqa tarmoqlarda sarflangan miqdorini ko'rsatadi. Elektroenergiyaning moddiy ishlab chiqarishdan tashqaridagi sarflanishi, yani sunggi (pirovard) istemolni y1 ko'rsatadi. Pirovard istemol shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy istemoldan tashkil topadi. 1-satrdagi barcha kattaliklar yig'indisi xuddi 1-ustundagi kattaliklar yig'indisi kabi natijaga, yani yil davomida ishlab chiqarilgan elektroenergiya mahsulotining qiymat ko'rinishiga teng bo'lishi kerak: (1) Xuddi shuningdek ixtiyoriy olingan ishlab chiqarish tarmogi uchun: (2) Tarmoqlararo balans modeli to'rtta qism - kvadrantlardan iboratdir. 1-kvadrant shaxmat taxtasi kabi tuzilgan bo'lib, unda ishlab chiqarish vositalarining oqimi akslanadi. 1 qism ma'lumotlari tarmoqlar moddiy xarajatlari tarkibini tahlil qilishda, tarmoqlar o'rtasidagi ishlab chiqarish bog'lanishlari va proportsiyalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 2-kvadrantda barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining pirovard mahsuloti ko'rinadi. Pirovard mahsulot deb ishlab chiqarishdan tashqaridagi istemol va jamg'armadagi mahsulotlar yig'indisiga aytiladi. Pirovard mahsulot tarkibiga kiruvchi ijtimoiy istemol ta'lim tarbiya, fan, sog'liqni saqlash, mudofaa, boshqaruv, sport kabi sohalardagi istemoldan tarkib topadi. Shunday qilib, 2-kvadrantdagi ma'lumotlar milliy daromadning tarmoqlar bo'yicha moddiy tuzilishi, uning jamg'arma va istemol fondlariga taqsimlanishini xarakterlaydi. 3-kvadrant ko'rsatkichlari ham milliy daromadni xarakterlaydi, faqat bunda uning qiymati tarkibi, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 49.2 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 49.2 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga