Moliyaviy rejalashtirish tizimi va undan foydalanish

Moliyaviy rejalashtirish tizimi va undan foydalanish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Moliyaviy rejalashtirish tizimi va undan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Moliyaviy rejalashtirish tizimi va undan foydalanish Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni rejalashtirish tizimini tubdan qayta shakllantirish davr talabiga aylanmoqda. Sobiq sovet tuzumidan meros bo'lib o'tgan eski rejalashtirish tizimi asosan davlat fondi uchun mahsulot ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini so'zsiz bajarishga yo'naltirilgan edi va unda bozor iqtisodiyoti sharoitida eng muhim bo'lgan ko'rsatkich - foyda asosiy maqsad qilib qo'yilmasdi. Korxonalar zararga bo'lsa ham davlat buyurtmalarini bajarishga majbur qilinar va ko'radigan zararlari yuqori tashkilotlar tomonidan qoplanardi. Bunday sharoitlarda rejalashtirish tizimi ham asosan davlat buyurtmalarini bajarishga yo'naltirilib, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari hamda moliyaviy va investitsion faoliyatdan olinadigan daromadlar, pul oqimlari kabi muhim sohalar rejalarda o'z aksini topmagan. Shu munosabat bilan hozirgi kunda korxonalar faoliyatini moliyaviy rejalashtirish tizimidan keng foydalanish korxonalarning daromadlari va xarajatlarini to'g'ri rejalashtirish va barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. «Moliyaviy rejalashtirish - muayyan muddat uchun moliyaviy resurslar harakatini va tegishli moliyaviy munosabatlar tizimini asoslashdan iborat jarayondir»2. Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifasi har bir xo'jaligining pul mablag'lariga bo'lgan ehtiyojini, daromadlar hamda xarajatlar hajmi va tarkibini rejalashtirishdan iborat. Korxonalar moliyaviy faoliyatini boshqarish mexanizmining asosini moliyaviy rejalashtirish tashkil etadi. Moliyaviy rejalashtirish o'zida korxonalar rivojlanishini zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta'minlash bo'yicha me'yoriy reja ko'rsatkichlarini va joriy moliya yili hamda istiqboldagi moliyaviy faoliyatining samarali rivojlantirish yo'nalishlarini aks ettiradi. Moliyaviy rejalashtirishning barcha tizimi o'zaro aloqada bo'lib, ulardan aniq ketma-ketlikda foydalaniladi. Moliyaviy faoliyatni joriy rejalashtirish tizimi ishlab chiqilgan strategiya va moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo'yicha moliyaviy siyosat negizida amalga oshiriladi. Bu rejalashtirish tizimining vazifasi joriy moliyaviy rejaning aniq shakllarini ishlab chiqishdan, korxona rivojlanishi oldida turgan barcha moliyalashtirish manbalarini aniqlashdan, daromadlar va xarajatlar tarkibini aniqlashtirishdan, korxonaning doimiy to'lovga qobilligini ta'minlashdan, rejalashtirilgan davrda uning aktivlari va kapitallari tarkibini optimallashtirishdan iboratdir. Moliyaviy faoliyatning joriy rejasi joriy yilning choraklari bo'yicha ishlab chiqiladi. Korxonaning joriy moliyaviy rejasini ishlab chiqish quyidagilarni o'z ichiga oladi:korxonada ishlab chiqarish me'yorlari va alohida resurslar sarflari bo'yicha ishlab chiqarish xarajatlarining prognoz ko'rsatkichlari; amaldagi soliq to'lovlari tizimi; amaldagi amortizatsiya ajratmalari me'yorlari tizimi; korxonaga jalb etiladigan moliyaviy mablag'lar va ularning manbalari. Korxonada ishlab chiqilayotgan joriy moliyaviy rejaning asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi (13-chizma): 13-chizma. Korxonaning operatsion, investitsion va moliya faoliyatini joriy rejalashtirish tizimi operatsion faoliyat bo'yicha daromadlar va xarajatlar rejasi: investitsion faoliyat bo'yicha daromadlar va xarajatlar rejasi; moliyaviy faoliyat bo'yicha daromadlar va xarajatlar rejasi; pul mablag'lari tushumi va sarflanishi rejasi; balans rejasi. Operatsion faoliyat bo'yicha daromadlar va xarajatlar rejasi korxona joriy moliyaviy rejasining asosiy qismlaridan biri bo'lib, joriy rejalashtirishning dastlabki bosqichida tuziladi. Bu rejani ishlab chiqishdan maqsad korxonaning operatsion faoliyatidan olinadigan sof foyda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.82 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.82 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga