Mulkchilik shakllari rivojlanishining evolyutsiyasi

Mulkchilik shakllari rivojlanishining evolyutsiyasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Mulkchilik shakllari rivojlanishining evolyutsiyasi - rasmi

Material tavsifi

MULKChILIK ShAKLLARI RIVOJLANIShINING EVOLYuTSIYASI 1. Mulkchilik ta'riflarining tahlili 2. Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari 3. Mulkiy huquqlar Mulkchilik ta'riflarining tahlili O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi jamiyatning iqtisodiy negizlariga oid XII bobda quyidagilar bayon etilgan: Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilar huquqlarining ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan teng muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin (53- modda). Mulkdor mulkiga o'z hoxishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart (54-modda). O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga mulkchilikning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish triadasi (164-modda) asos qilib olingan. Ushbu Kodeksda mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllari mavjudligi (167-modda) takidlanadi. Demak, iqtisodiyot va uni tashkil etishning bozor modeli uchun muayyan-tarixiy shakldagi mulkchilik instituti talab etiladi. Mulkchilik institutining negizini mulk tushunchasi tashkil etadi. Mulk - resurslar cheklanganligi sharoitining oqibatidagi noyoblik muammosini hal qilinishining yagona vositasi hisoblanadi. Bu vosita mulkdorga huquqlar tutamini taqdim etadi. Albatta, mulkiy huquqlar tutami egalik qilish va boshqa huquqlar (foydalanish, tasarruf etish va boshqalar) bilan birgalikda tashkil etadi. Huquqlar tizimi xo'jaliklar va shaxslar o'zaro munosabatlarga kirishishlari uchun ham mulkdorni, ham mulkni himoyalaydi. Shaxsning jamiyatdagi erkinligi huquq bilan kafolatlanadi va chegaralanadi. Undagi barcha mavjud huquqlardan eng to'lig'i mulkchilik huquqidir. Ushbu huquq shaxs va jamiyat uchun o'zaro qarama-qarshi bo'lgan begonalashuv xususiyatini ham namoyon etadi. Ilmiy manbalarda mulkchilik munosabatlari umumiy tan olingan yagona ta'rifga ega emasligi sababli qator talqinlar mavjud (7.1-jadval). 7.1-jadval. Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi Jadvaldan ko'rib turganimizdek, mulkchilikni o'zlashtirib olish bilan tenglashtirish neoklassik iqtisodiy tafakkur vakillariga xos bo'lsa, huquqshunoslar uchun shaxsning buyum ustidan hukumronligi imkoniyatlarini chegaralash mulkdan boshqa shaxslarning ziyoniga foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida ta'riflanadi. Mulkchilik - bu shaxs va buyum o'rtasidagi emas, balki insonlar o'rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak. Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish huquqlarini qo'shgan holda huquqlar to'plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o'zlarining aylanuvchanligiga, oldi-sotdi obyektlari bo'lib buyumlarning o'zi emas, balki ularga nisbatan huquq hisoblanishiga etiborni qaratadi. Masalan, yer uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-mulkdan foydalanishdan keladigan daromadni olish huquqi va b. huquqshunoslarning fikricha, mulk - bu mutlaq huquq. Mulkdorga qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov emas, balki salbiy cheklov (nima mumkin emas) bilan yoritiladi. Agar huquqlarning muayyan to'plami, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.26 KB
Ko'rishlar soni 339 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.26 KB
Ko'rishlar soni 339 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga