Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish - rasmi

Material tavsifi

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Xar qanday jamiyatning iqtisodiy tuzilishi mulkchilikdan boshlanadi. Ajdodlar tomonidan yaratilgan ne'matlar albatta mulk shaklida namoyon bo'ladi. Umuman olganda, mamlakat miqyosida mulk va uning ko'payib borishiga ikki tomondan yondashish mumkin. Odamlarning mulki qancha ko'p bo'lsa, davlat ham shuncha boy bo'ladi yoki aksincha, davlat qancha boy bo'lsa, aholining mulki ham shuncha ko'p bo'ladi, farovon yashaydi. Deformatsiyalashgan sotsializmda davlat mulkining ustunligi kishilik jamiyati erishgan muhim yutuqlardan biri sifatida talqin etildi. Bozor iqtisodiyoti, to'g'rirog'i aralash iqtisodiyotning muhim jihati shundaki, u mulkchilikning biron-bir shakli hukmronligini rad etadi. Unga mulkchilikning uchinchi tipi va muvofiq ravishda turli-tuman shakllari xos bo'lib, mulk masalasining hal etilishi bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasidagi barcha tadbirlar tizimini tashkil etar ekan, demak, birinchi navbatda davlat mulk monopoliyasini sindirib, turli mulk shakllarini vujudga keltirishi zarur. «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi»1. Shuning uchun ham eng avvalo, O'zbekistonning asosiy qonuni - Konstitutsiyada jamiyat mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanishi, mulk shakllarining teng-ligi e'tirof etilib, huquqiy muhofazasi ta'minlanishi qayd etilgan. Sobiq sotsialistik davlatlarda bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun avvalo, davlatlashtirishdan qaytish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, ya'ni iqtisodiyotni ustun darajada davlat tomonidan tartibga solishdan bozor mexanizmi orqali tartibga solishga o'tish kerak. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish yoki davlatlashtirishdan qaytish bu davlatning iqtisodiy faoliyatdagi hukmronligini, monopol mavqeini sindirib, iqtisodiyotni boshqarishda yagona davlat mexanizmi o'rniga aralash iqtisodiyotga xos bozor mexanizmiga keng yo'l berishni ifodalaydi. U mulkni davlat tasarrufidan chiqarishdan tashqari, davlatning markazlashgan rejalashtirish, narx belgilash, tashqi savdo, valyuta munosabatlari va boshqa iqtisodiy faoliyatdagi yakka hukmronligini keskin qisqartirilishini o'z ichiga oladi. Mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha reja asosida davlatga topshirishdan davlat xaridlariga o'tish. Bunda davlat xaridor sifatida ishlab chiqaruvchini sotish shartlari bo'yicha o'ziga jalb etishi bilan ajralib turadi. Davlat mavjud resurslarni taqsimlovchi funk-tsiyasini yo'qotadi. Resurslar bozor orqali taqsimlanadi. Davlatning resurslar oqimini o'zgartirishga ta'siri ustun darajada iqtisodiy yo'l bilan amalga oshiriladi. Masalan, soliqlar orqali. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ham davlatning monopol mavqei tobora susayib boradi. Davlatning funksiyasi milliy iqtisodiyotni chet el kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli raqobat olib borishi uchun zarur muhit yaratishdan iborat. Davlatning boshqarishdagi ko'pgina vazifalari korxonalar zimmasiga o'tadi, «gorizontal» xo'jalik aloqalari asosiy o'ringa chiqadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish - bu iqtisodiyotni tartibga solishni to'la bozor mexanizmiga topshirish emas, balki bozor mexanizmi bilan davlat aralashuvini optimal darajada bo'lishini ta'minlashdan iborat. Sababi, hozirgi iqtisodiyot davlat aralashmasa samarali rivojlana olmaydi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirishning asosini davlat tasarrufidan chiqarish tashkil etadi. Davlat tasarrufidan chiqarish deganda davlat mulkini turli mulk va xo'jalik yuritish shakllariga aylantirish tushuniladi. Davlat tasarrufidan chiqarish raqobatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.78 KB
Ko'rishlar soni 351 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.78 KB
Ko'rishlar soni 351 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga