Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari. Reja: Narxning mazmuni va vazifalari. Narxning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar Narxning turlari. Narx siyosati va uning O'zbekistonda amalga oshirish xususiyatlari. ADABIYoTLAR Karimov I.A. - o'zbekitson iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. T.O'zbekiston - 1995. Karimov I.A. - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T. O'zbekiston - 200. Ekonomika.8-e izd., prererab. i dopolnennoe. - Pod red. A.S. Bulatova. -M.: Ekonomist, 2005. - 224 s. Ekonomicheskaya teoriya. - Izd. ispr. i dop. Pod obsh. red. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlevoy, L.S.Tarasevicha. - M.: INFRA-M, 2005. - 322 s. Kulikov L.M. Ekonomicheskaya teoriya. - M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2006. - 432 s. Shodmonov Sh.Sh., G'afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. - T.: «Fan va texnologiya». 2005. - 186 b. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR. Narx - bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Ulgurji narxlar - ishlab chikaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir yo'la ko'tarasiga sotilganda mavjud bo'ladi. Chakana narxlar - tovarlar bevosita iste'molchilarga sotiladigan narxlardir. Dotatsiyalashgan narx - davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxdir. Demping narx - bozorda o'z mavkeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun foydalanib, bozorga kirib olish narxi deb ham yuritiladi. Erkin narx - talab va taklif ta'sirida shakllanadigan narxlardir. Narx diapazoni - narxlar oraligidagi farqning puldagi ifodasi. NARXNING MAZMUNI VA VAZIFALARI. Narx bozor kategoriyasi bo'lib, tovarlar ayirboshlaganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatning bozordagi ko'rinishi. Ho'jalik yuritish amaliyotida esa narx muhim iqtisodiy vosita, dastak deb qaraladi. Malumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bo'lib, ishlab chiqarish o'zidagi mehnat sarflanishi bilan bog'liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf etiladi, ularning majmuasi qiymat demakdir. Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini qo'rsatib turadi, narx pasiyib ketsa, tovar bozori kasodga yo'liqqan bo'ladi, tovar nafsiz bo'lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash va zarurligi kun tartibiga quyiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari (vazifalari) yaqqol qo'rsatib berdi. Narx besh asosiy funksiyani bajaradi: 1. Bozor muvozanatini ta'minlash funksiyasi. Bunda narx bozordagi talab va taklifning xajmi va tarkibiga ta'sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. 2. Hisob-kitob, o'lchov funksiyasi. Narx qiymatining puldagi ifodasi deb ataymiz, chunki qilingan sarf-xarajat, ko'rilgan foyda-zarar, bajarilgan ish hajmining hammasi malum narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural moddiy, qiymat-pul o'lchoai bor. Natural-moddiy ko'rsatkichlarni taqkoslash yoki umumiy ko'rsatkichga keltirib bulmaydi. 3. Iqtisodiy regulyator funksiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy vositasidir. Tovar ishlab chiqarish bozor iqtisodiyotining moddiy asosi, ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.38 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.38 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:44 ]
Arxiv ichida: doc