Nominal va real YaIM. Iqtisodiyotda mavjud bo'lgan inflyatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko'rsatkich dinamikasi bir vaqtning o'zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o'zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o'zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajaci o'zgarishi ta'sir ko'rsatadi. Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo'yadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko'rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko'rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko'rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o'laroq milliy iqtisodiyotda juda ko'p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o'zgarishi koeffitsiyenti ( baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi. Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun: - deflyator (Paashe indeksi); - istemol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi); - sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim. Deflyator ko'rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi: Qi1 Pi1 Deflyator = -- 100 Qi1 Pi0 Bu yerda: i - deflyatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni; Qi1 - joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i - tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko'ylak va h.k); Pi1 - joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i - mahsulotning shu yilga bahosi; Pi0 - joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i - mahsulotning bazis yildagi bahosi. Deflyatorni hisoblash shartlari: - odatda o'tgan yilga nisbatan hisoblanadi; - bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda o'zgartirilishi mumkin; - bozor savatiga ham istemol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi; - bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YaIM dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak; - bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari o'rtasidagi nisbat ularning YaIM dagi ulushlari o'rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak. Nominal YaMM Real YaIM = -- 100 Deflyator Istemol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi: Qi0 Pi1 INI = -- 100 Qi0 Pi0 Bu yerda: Qi0- bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i - tovar va xizmatlar hajmi; Pi1 - i - tovarning joriy yildagi bahosi; Pi0 - i - tovarning bazis yildagi hajmi. Istemol narxlari indeksi hisoblashning shartlari; - bozor savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o'zgarmaydi; - bozor savatiga faqat istemol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi; - bozor savatiga kiritilgan tovarlar ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.12 KB
Ko'rishlar soni
374 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.12 KB
Ko'rishlar soni
374 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: doc