Nomukammal bozor ta'limotlari

Nomukammal bozor ta'limotlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Nomukammal bozor ta'limotlari - rasmi

Material tavsifi

Nomukammal bozor ta'limotlari XX asr boshlarida erkin (mukammal) raqobatga asoslanga iqtisodiyot tobora monopollashib bordi, bu ayniqsa Yevropava AQSHda yaqqol ko'zga tashlandi. Iqtisodiy liberializm prinsiplari (erkin savdo-fritredolik, davlatning iqtisodga aralashmasligi va b.) real hayot talablariga javob bermay qo'ydi. Monopollashuvning yorqin oqibati sifatida 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining keltirish mumkin. Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning «bozorlar qonuni» hamma yerda tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo'lsa, bu davrda uning ahamiyati pasayib bordi. Nomukammal raqobat avval instituttsionalizm, keyin neoklasiklar tomonidan tadqiqot obekkti qilib olindi. Bu muammolar bilan deyarli bir vaqtda Garvard universiteti professori E. Chemberlin va Kembrij universiteti professori J.Robinsonlar shug'ullandi. 1933 yili amerikalik E.Chemberlin o'zining «Monopolistik raqobat nazariyasi», ngliz J.Robinson xonim esa «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» asarlarini chop etdilar. Bu asarlarda erkin raqobat sharoitini inkor etadigan sharoitda bozor mexanizmlarining harakati masalalari har tomonlama chuqur tahlil etiladi. Xususan, ikkala muallif fikricha, bozor bahosi bozor ishtirokchilarining kollektiv faoliyati tufayli yuzaga kelmaydi, chunki tovar mahsulotlarining turli-tumanligi (differensiyasi) haridorlarni bu tovarlar bahosi to'g'risida to'liq informatsiyadan, firma-ishlab chiqaruvchilarni tanlashda raqobatdan mahrum etadi. Ular iqtisodiyotda muvozanatning bo'zilish sabablarini ilgarigidek iqtisodiy muhitdagi «kategoriya» va «qonun» lardan izlaydilar. Instito'ttsional yo'nalish tarafdorlariga esa, nomukammal raqobat iqtisodiy o'sishga avvalo «inson omili»ning ta'siri oqibatidir. Bu esa jamiyat rivojlanishi, shu bilan birga iqtisodiyot sohalarida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik, huquqiy va boshqa muammolardir Edvard Xeyting Chemberlin (1899-1967) o'z asarida monopoliyaning mohiyati, monopol baho va monopol foydaning yuzaga kelishining chuqur tahlilini bepradi. Uning fikricha, monopoliyaning mohiyati - bu taklif ustidan nazorat, bunda baho ustidan ham nazorat bo'ladi. Differentsiatsiya kuchayib borgan sari har bir sotuvchi absolyut (mo'tloq) monopoliyaga ega bo'ladi, ammo shu bilan birga, o'rnini bosa oladigan boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchining nomukammal raqobatiga uchraydi. Shundan kelib chiqib, barchasotuvchilar «raqobatchi monopolistlar» bo'lib, «monopolistik raqobat» kuchlari ta'siri sharoitida ish yuritadilar. Chemberlin fikricha, bozorlar o'zaro bog'langan, chunki bir-biriga bog'liq bo'lmagan sotuvchilar vazifasi bir-biriga yaqin bo'lgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda hamohangdirlar. Real hayotda bozorlar u yoki bu darajada nomukammaldirlar, shu sababli muvozanatga intilish to'g'risida gapirish o'ta soddalikdir. Natijada har bir sotuvchi monopolist deb hisoblanadi, uning o'z haridorlari, «noyob» mahsulotini oluvchilar bo'ladi. Bozordagi monopolistik sifatida baholarni tartibga soladi. Bu esa tovarlar va xizmatlarning real taklif hajmi «sof» raqobat sharoitidagidan kam, bahosi esa yuqoriroq bo'ladi. Bu yerda mahsulot differensiyasi eng muhim shartdi. Bu kategoriyaning mohiyati shundaki, sotuvchilarning tovari (yoki xizmati) da boshqalarnikidan keskin farq qiluvchi belgisi bo'lishi kerakligidir. Bu belgi haridor uchun real yoki xayoliy bo'lishi, aslida esa xuddi shu mahsulotga afzallik berilishiga olib kelishi shart. Bunday differentsiatsiya bo'lgan sharoitda haridorlar va sotuvchilar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.32 KB
Ko'rishlar soni 770 marta
Ko'chirishlar soni 187 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.32 KB
Ko'rishlar soni 770 marta
Ko'chirishlar soni 187 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga