O'yinlar nazariyasi va o'zaro hamkorliklarni modellashtirish

O'yinlar nazariyasi va o'zaro hamkorliklarni modellashtirish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
O'yinlar nazariyasi va o'zaro hamkorliklarni modellashtirish - rasmi

Material tavsifi

O'YINLAR NAZARIYaSI VA O'ZARO HAMKORLIKLARNI MODYeLLAShTIRISh 1. O'yinlar nazariyasining asosiy tushunchalari 2. Muvozanatlar turlari va ularni qidirish yo'llari 3. O'yinlar nazariyasi tayanch modellarining tasnifi O'yinlar nazariyasining asosiy tushunchalari Malumki, neoklassikaning «qatiy negizi»dagi o'zaro hamkorliklarni tahlil qilishda differensial hisoblashdan foydalanilgan. Institutsional iqtisodiy nazariyada yuqoridagi tadqiqot usulini tayanch usul sifatida qo'llash unchalik qulay emas. Institutsional iqtisodiy nazariyaning predmetini individlarlarning o'zaro hamkor(harakat)ligi hamda ushbu hamkorlikni taminlovchi tuzilmalar tashkil etadi. Institutsional iqtisodiyot formal modellarni tuzish uchun Jon fon Neyman va Oskar Morgenshternning «O'yinlar nazariyasi va iqtisodiy xatti-harakat» (1944) kitobidagi fikrlarga asoslangan o'yinlar nazariyasidan foydalanadi [47].Ushbu nazariyaning rivojlanishi Djon Nesh 1950 yilda kiritgan muvozanat vaziyati tushunchasi bilan bog'liq. Bu bilan nokoalitsion o'yinlarning yechish usuli ishlab chiqildi. 1994 yilga kelib, birdaniga uch tadqiqotchi nokooperativ o'yinlar nazariyasidagi muvozonatni birinchi bor tahlil qilib chiqqanligi uchun iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. Bular: Raynxad Selten (Germaniya), Jog Nesh (AQSH), Jon S.Xarsani (asli vengriyalik - AQSH). Ushbu tadqiqot usulining o'ziga xos asosiy belgilari ichida quyidagilarni ajratish lozim. Birinchidan, o'yinlar nazariyasi individlarning o'zaro shartlashilgan xatti-harakatlari vaziyatini tahlil qilish bilan shug'ullanadi: har bir shartning hal etilishi o'zaro hamkorlik natijasiga va o'z navbatida, qolgan individlarning qarorlariga ta'sir ko'rsatadi. Individ o'z harakatlari masalasini hal etayotib, o'zini kontragentlar o'rniga qo'yib ko'rishi kerak. Ikkinchidan, o'yinlar nazariyasi, mukammal kalkulyator sifatidagi individdan tortib to robot sifatidagi individgacha qator modellardan foydalangan holda, individlarning to'liq ratsionalligini talab qilmaydi. Uchinchidan, o'yinlar nazariyasi o'zaro hamkorliklardagi muvozanatning mavjudligi, yagonaligi va Pareto-optimalligini nazarda tutmaydi. Ushbu sabablar o'yinlar nazariyasi yordamida qurilgan institutlarning formal modellariga bo'lgan qiziqishni orttiradi. O'yinlar nazariyasidagi formal modelni tashkil etish uchun: ishtirokchi individlarning mavjudligi; har bir ishtirokchining imkoniyatlar to'plami; ishtirokchilarning strategiyalari hisobga olinishi lozim. O'yinlar nazariyasi tarkibiy jihatdan kooperativ (koalitsiyali) va nokooperativ (koalitsiyasiz) nazariyalarga ajratiladi. Bunda o'yin ishtirokchilarining o'zaro kelishuvi darajasiga ko'ra, kooperativ(koalitsiyali) va nokooperativ(koalitsiyasiz) o'yinlar nazarda tutiladi. Shartli ravishda aytish mumkinki, birinchi guruh nazariyalar makrodarajadagi tahlilga, ikkinchi guruhdagilar esa, mikrodarajaga etiborni qaratadilar. Kooperativ (koalitsiyali) o'yinlar - bu ishtirokchilar o'rtasida axborot almashish va ittifoq tuzish mumkin bo'lgan vaziyatlar. Nokooperativ (koalitsiyasiz) o'yinlarda yakka ishtirokchi tahlil qilishning boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi, bunda ishtirokchilar o'rtasida axborot almashish va ittifoq tuzish mumkin emas. O'yinlar asosan matritsa shaklida namoyon etiladi. Nokooperativ (koalitsiyasiz) o'yinlarda ishtirokchilar o'zaro ziddiyatli munosabatda bo'ladilar. Har bir ishtirokchi o'z yutug'ini oshirishga harakat qiladi. Birining yutug'i ikkinchisining yutqizishiga olib keladi. Har bir o'yin ishtirokchisining ziddiyatli vaziyatlarni hal etish borasidagi harakat dasturi o'yin ishtirokchisining strategiyasi deyiladi. Demak, o'yin (G)ni tahlil etishda uch qism: o'yinchilar soni (N); strategiyalar majmuasi (St); ishtirokchilarning yutuq (P)lari asos bo'ladi. G=F(N,St,P) 3.2. Muvozanatlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.57 KB
Ko'rishlar soni 621 marta
Ko'chirishlar soni 184 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.57 KB
Ko'rishlar soni 621 marta
Ko'chirishlar soni 184 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga