O'zbekiston iqtisodiy siyosatining strategiyasi va iqtisodiyotni erkinlashtirish O'zbekiston - ulkan iqtisodiy va investitsiya imkoniyatlari mamlakatidir. Markaziy Osiyo mintaqasidagi gaz kondensati zahiralarining 74%i, neftning 31%i, tabiiy gazning 40%i va ko'mirning 55%i Respublikamiz hissasiga to'g'ri keladi. Bu yerda gidroenergetika resurslarining ulkan salohiyati jamlangan bo'lib, juda katta mineral xom ashyolar zahiralari mavjud. O'zbekiston paxta va paxtadan olinuvchi mahsulotlar, meva va sabzavotlar etishtiruvchi asosiy mamlakatlardan biri hisoblanadi. Respublika turizmni rivojlantirish uchun ham ulkan salohiyatlarga ega. Bularning barchasi turli xil investitsiya loyiha va dasturlarini amalga oshirishdan tashqari iqtisodiyotning yanada rivojlanishini ta'minlashga imkon beradi. Ushbu imkoniyatlarning real voqelikka aylanishi birinchidan, ikki-uch oy bilan cheklanmagan holda ma'lum vaqt talab qilsa, ikkinchidan yangi resurslarni, ayniqsa, investitsiya resurslarini talab qiladi. Bunda boshqaruv darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, mos ravishda bajariladigan vazifalar doirasi va murakkabligi ham shunchalik keng bo'ladi va aksincha. Masalan, agar mikrodarajada asosan resurslar va mehnatni tejash texnologiyalarini joriy qilish, chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligi va sifat ko'rsatkichlarini oshirish vazifalari hal qilinsa, makrodarajada investitsiya strategiyasi va kapital qo'yilmalar tufayli tarmoq ichidagi va tarmoqlararo proportsiyalar takomillashtirilib, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi xatoliklar bartaraf qilinadi, shahar va qishloqlarning tashqi qiyofasi yaxshilanadi. SHu sababli investitsiya faolligi, yaxshi o'ylab chiqilgan investitsiya siyosati va to'g'ri tanlangan ustuvor yo'nalishlar investitsiya strategiyasining muhim tarkibiy qismlari bo'lishdan tashqari kelgusida iqtisodiy o'sish va odamlarning turmush faoliyatini yaxshilash uchun qulay zamin yaratib beradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati va investitsiya strategiyasi aynan shu va shunga o'xshash dastlabki shart-sharoitlarga asoslanishi shubhasiz albatta. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi «To'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirish to'g'risida»gi Farmoniga asosan chet el investitsiyalarini jalb qilish va ustuvor yo'nalishlarni belgilashda erkinlashuv tendentsiyalari sezilarli rol' o'ynashni boshlagan bo'lsada, davlat o'zining ekatchi va faol rolini saqlab turibdi. Masalan, kichik biznes subyektlarining investitsiya «portfeli»da hozirgi paytda umumiy hajmi 445 mln. dollar bo'lgan 140 dan ortiq investitsiya loyihalari mavjud. Ularni amalga oshirish bilan iqtisodiyotning nufuzli sohasidagi investitsiya imkoniyatlari tugab qolmasdan, kichik biznes uchun yangi «nafas» beradi, uning nodavlat sektorini mustahkamlash, tez sur'atda o'sib borayotgan Respublika aholisi uchun yangi ish o'rinlari yaratishdagi roli va salohiyatini oshiradi. Bugungi kunda kichik biznes sohasi mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 36%ini beradi. Aytish mumkinki, ushbu sohada investitsiya va boshqa imkoniyatlarni harakatga solish tufayli bu ko'rsatkich, ya'ni kichik biznesning YAIMdagi ulushi 2007 yilda 45%ga, yaqin 5-10 yil ichida esa 60-70%ga etishi taxmin qilinmoqda. Agar ustuvor yo'nalishlardan kelib chiqadigan bo'lsak, iqtisodiyot o'sishtdagi investitsiya imkoniyatlari asosiy tarmoqlarning, birinchi navbatda neft'-gaz majmualarining rivojlanishi bilan bog'liq. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Respublika hududining 60%ga yaqini neft' va gaz sanoati uchun istiqbolli ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.11 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.11 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: docx