O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o'rni va roli

O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o'rni va roli

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o'rni va roli - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o'rni va roli. Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalaridan biri investitsiyalar tushunchasi bugungi hayotimizga keng va tez kirib kelishining o'zi uning mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko'rsatadi. O'zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog'liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo'jalik yurituvchi subyekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda Respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, chet el investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta'minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog'liqligini tushunib olish qiyin emas. 2007 yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ortiq yangi korxonalarning barpo etilganligi hukumatimizning bu sohaga bo'lgan katta e'tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Bu borada so'z ketganda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini ta'kidlashimiz lozim: Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, nechog'lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo'q. Bu avvalombor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu oxir - oqibatda Respublikamiz hududlari, shahar va tumanlarimizdagi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish demakdir. SHu boisdan ham vatanimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o'ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu turdagi korxonalarni rag'batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. CHunki har bir investor o'z sarmoyasini biror hududga kiritar ekan uni befarq qoldirmaydigan va e'tiborini tortadigan asosiy masala u yerda amal qilayotgan soliq qonunchiligi hamda soliqlardan berilayotgan imtiyozlar masalasidir. SHu sababdan soliq imtiyozlarini to'g'ri yo'nalishlarda taqdim etish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni yo'lga qo'yish lozim, aks holda esa imtiyozlarni berishdan ko'zlangan maqsadlarga erishilmaslikka olib keladi. SHunga ko'ra, iqtisodiyotni faol rivojlantirish keng miqyosdagi investitsiyalarni talab qiladi. Demak, investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini ta'minlovchi kuch ekan, barcha imkoniyatlarimizni ishga solib iqtisodiyotimizga yo'naltiriladigan investitsiyalar hajmini oshirishimiz lozim. Vatanimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish va investitsiya faoliyati taraqqiyotini ta'minlash qulay investitsiya muhitini barpo etishni talab qiladi. 2007 yilda O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 23 foizga oshdi va 4,3 mlrd.dollardan ziyod miqdordagi mablag'ni tashkil etdi. Natijada YAIM o'sishi 9,5%ga va davlat byudjeti esa YAIMga nisbatan 1,1% profitsit bilan yakunlandi. Jami investitsiyalarning 70 foizidan ortig'i ishlab chiqarish obyektlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilishga yo'naltirildi. Jalb etilayotgan investitsiyalarning umumiy hajmida chet el investitsiyalarinig salmog'i yuqori bo'ldi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 58 foizga ortib, 1 milliard dollarni tashkil etdi. Ularning 76 foizi to'g'ridan-to'g'ri kiritilgan xorijiy investitsiyalardir. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.09 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.09 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga