O'zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi O'zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni ko'llab quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo'lgan davlat tomonidan ragbatlantiriluvchi yo'nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag'larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir. O'zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi (ingl. investment policy) - ichki va tashqi siyosatning umumiy yo'nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo'jalik karorlari majmuasi bo'lib, mablag'laglardan foydlanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida malakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo'nalishi va joylashuvini belgilaydi. Ishlab chiqarish salohiyatining o'sishi, iqtisodiy o'sish sur'atlari, moddiy va ma'naviy boyliklarni ishlab chiqarish xajmi va sifatining ko'tarilishi va butun infrastrukturaning rivojlanishi ko'p jihatdan investitsiya va investitsiya dasturiga bog'liq. Investitsiya dasturi davlatning investitsiya mablag'larini mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar qilish vazifasidan iboratdir. tashkiliy-huquqiy jihatdan davlat siyosatining bu sohasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatnining maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiya dasturining tashqi tomoni xam bor bo'lib, u xalx xo'jaligini zamonaviy texnika, texnologiya va ishlab chixrishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini xal etish uchun iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb etishni o'z ichiga oladi. Bu vazifani ko'shma korxonalar barpo qilish, ya'ni to'gridan to'gri xorijiy xususiy investitsiyalardan foydalanish yo'li bilan xal etish mumkin. SHu munosabat bilan xorijiy investitsiyalarni huquqiy tartibga solish masalalari dolzablashadi. aniq, samarador va xa'tiy rioya kilinadigan qonunlariga ega bo'lgan ochix va liberal investitsiya dasturi xorijiy investitsiyalarni jalb etishning xudratli qurolidir. Bunday siyosatni ishlab chiqish Respublikaning asosiy vazifalaridan biri bo'lib xolishi kerak. Xorijiy investitsiya faqat ishlab chiqarish va bozor rivojlangan sharoitda, ya'ni xalqaro bozordagi sarmoya eksporti bungacha mavjud bo'lgan tovarlar eksportidan yuqori bo'lganda paydo bo'ladi. Davlat investitsiya jarayonini tashkil qiluvchi va asosiy investor bo'lib xizmat qilishi kerak - ijtimoiy siyosat nuxtai nazaridan bu uning asosiy vazifasi hisoblanadi. Investitsiyalarning miqdoriy o'sishi ichki investitsiya dasturi (mablag'larni noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga safarbar qilish) vositasida ta'minlanadi. Investitsiyalar sifatining o'sishi ichki (fan va texnika yotuxlarini tadbiq qilish) va tegishli tashqi investitsiya dasturi (xorijiy investitsiyalar - texnik tarkibi va xususiyatiga ko'ra yuqorirox bo'lganlarini jalb etish) vositasida ta'minlanadi. Ichki investitsiya dasturi xam tashqi investitsiya dasturi xam, xar ikkalasi investitsiyalashning turli manbalaridan turli shakllardagi investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini nazarda tutadi. Investitsiya dasturining mohiyati va mazmuni eng qulay huquqiy vositalarni topish - investitsiya jarayoni va investitsiyani huquqiy tartibga solishdan iborat. Ratsional investitsiya dasturini amalga oshirayotgan davlat ixtiyorida huquqiy tartibga solishning ikki vositasi mavjud: milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy. Davlatning ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.22 KB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.22 KB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: docx