O'zbekistonda inson taraqqiyoti konsepsiyasi va BMT ming yillik rivojlanish maqsadlari

O'zbekistonda inson taraqqiyoti konsepsiyasi va BMT ming yillik rivojlanish maqsadlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
O'zbekistonda inson taraqqiyoti konsepsiyasi va BMT ming yillik rivojlanish maqsadlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda inson taraqqiyoti konsepsiyasi va bmtning mingyillik rivojlanish maqsadlari. Har qanday demokratik davlatning rivojlanishdan asosiy maqsadi - insondir. Jamiyat taraqqiyoti esa nafaqat mamlakat iqtisodiy salohiyatining kattaligi bilan, balki bu salohiyat har bir insonning kamol topishi va uyg'un rivojlanishiga qanchalik yo'naltirilgani bilan ham o'lchanadi. 2010 yil mamlakatimizda Barkamol avlod yili deb elon qilingani munosabati bilan qabul qilingan dasturni amalga oshirishda sog'liqni saqlash, ta'lim, aholini ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikni va mahalliy infratuzilmani rivojlantirish, atrof-muhit holatini yaxshilash, tabiat va yer resurslaridan foydalanish samaradorligi bilan bog'liq masalalar muhim ustuvor ahamiyatga ega. Bularning hammasi mohiyat etibori bilan inson kamolotiga, uning ma'naviy hamda moddiy talab-ehtiyojlarini ta'minlash uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga batamom mos va muvofiqdir. Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga asosan aynan inson millatning boyligi hisoblanadi. Insonlarga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojining quroli sifatida emas, balki bosh maqsadi deb qaralishi lozim. Har qanday taraqqiyotning pirovard maqsadi va muvaffaqiyat mezoni bo'lgan inson uchun tanlovning kengayishi, o'z erkinligini amalga oshirish, uzoq va sog'lom turmush kechirish imkoni, bilim olish va munosib hayot darajasining yaratilishi jamiyat rivojida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bugungi kunda Inson taraqqiyoti konsepsiyasi istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun degan hayotiy qoida asosida islohot jarayonlarni amalga oshirayotgan mamlakatimizda barcha o'zgarish va yangilanishlarning markazidagi ustuvor masalaga aylanmoqda. Bu haqda so'z borganda, O'zbekiston Konstitutsiyasida inson huquq va manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo'yilganligini qayd etish o'rinli bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Hukumati a'zolarining BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari amalga oshirilishining borishi haqidagi ma'ruzalarini eshitib, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mamlakatni modernizatsiya qilishga qaratilgan demokratik o'zgarishlar yo'li yuqori darajada samarali ekanini takidladi. Chindan ham, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy sohalardagi barcha islohotlarimiz pirovard natijada odamlar farovonligini muttasil oshirib borishga, mamlakatimiz har bir fuqarosining kasbiy, intellektual va ma'naviy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlarni, sof ekologik muhitni yaratishga qaratilgandir. Keyingi 10 yil mobaynida davlatimiz tomonidan yurtimizda amalga oshirilgan barcha keng miqyosli ishlar BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari keng ko'lamda bajarilishini ta'minladi. Birgina ta'lim sohasini oladigan bo'lsak, mamlakatimizda o'z mazmun va mohiyatiga ko'ra noyob bo'lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu dastur o'n ikki yillik yaxlit majburiy uzluksiz ta'lim tizimiga o'tish hamda ta'lim jarayonlarining sifatini tubdan va tizimli oshirishga, kadrlarning yuksak darajadagi umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo'lgan yangi avlodini tarbiyalashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni ko'rish imkonini berdi. Mamlakatimizda umumiy va o'rta maxsus ta'lim davlat tomonidan kafolatlanadi. 7-15 yoshdagi bolalarning boshlang'ich va umumiy ta'limga qamrab olinishi, shuningdek aholining savodxonlik darajasi bugungi kunda yuz foizni tashkil etadi. Bu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.9 KB
Ko'rishlar soni 358 marta
Ko'chirishlar soni 71 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.9 KB
Ko'rishlar soni 358 marta
Ko'chirishlar soni 71 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga