Plastmassalar to'g'risida umumiy tushuncha

Plastmassalar to'g'risida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Plastmassalar to'g'risida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Plastmassalar to'g'risida umumiy tushuncha Plastmassa - plastik (yunon. qayishqoq) va (lot. yumaloqfangan narsa) so'zlarining birikmasidan tashkil topgan. Albatta, bu so'z shartli tushunchaga ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bostm va qizdirish natijasida muayyan shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta'sirida ilgarigi holatiga qaylolmas edi. Keyinchalik issiqlik ta'sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo'lib plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan. Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo'yicha termoplast va reaktoplast turlariga bo'linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo'ylama joylashganligi sababli issiqlik ta'sirida shaklini o'zgartiradi. Ya'ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to'rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo'lmaydi. Plastmassalar arzonligi va ba'zi xususiyatlari bo'yicha boshqa materiaUardan qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko'p qo'llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-imihitni ifloslaydi, o'simliklartomirlarini oziqlanishiga to'sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari bor. Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda qurilgan «O'zitalplast» turli xil xalq iste'mol mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar olinishi bo'yicha uch guruhga bo'linadi: polimerizatsion hamda polikondensatsion qatronlar va tabiiy polimerlar asosida olinadigan plastmassalar. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.43 KB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.43 KB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga