Prinsipal va agent o'zaro munosabatlari muammosi

Prinsipal va agent o'zaro munosabatlari muammosi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Prinsipal va agent o'zaro munosabatlari muammosi - rasmi

Material tavsifi

«prinsipal» va «agent» o'zaro munosabatlari muammosi Ish beruvchida o'zining vijdonliligi to'g'risida shubha uyg'otmagan holda, u qanday sekin ishlashi mumkinligini aniqlash uchun o'z vaqtining katta qismini yo'qotmagan bilimdon xodimni topish amri mahol. F. Teylor - mehnatni ilmiy tashkil qilish asoschisi tashkilot o'lchamlarining o'sishi soni ortgan «agentlar» harakati ustidan nazorat qilish uchun talab etiladigan «prinsipal» xarajatlarining oshishini belgilab beradi. «Agent»ni nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga oshirishni istamaslik o'rtasidagi tanlovdan iborat bo'lgan «prinsipal» dilemmasini o'yinlar nazariyasidan quyidagi model yordamida ko'rsatamiz. «prinsipal»ning nazorat qilish uchun xarajatlari teng deylik, «agent» tomonidan o'z majburiyatlarining vijdonan bajarilishidan olinadigan foyda va vijdonsizlik bilan bajarganlik holatlardagi yo'qotishlar esa -2 ga teng, deylik. «Agent» tomonidan o'z vazifasini bajarishga nisbatan vijdonsizlik bilan munosabatda bo'lingan yoki «ishdan bo'yin tovlash» holatlari aniqlangan taqdirda, u mukofot olish huquqidan mahrum bo'lishini hisobga olgan holda, «prinsipal» bilan «agent»ning o'zaro munosabatlari quyidagi matritsa bilan izohlanadi: 9.1 -jadval «prinsipal» bilan «agent»ning o'zaro munosabatlari Ushbu o'yinda «prinsipal» va «agent» strategiyasining mos kelmasligi muammosi yaqqol ko'rinib turibdi. Bunda Nesh bo'yicha muvozanat mavjud emas: «prinsipal» va «agent» o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda optimal natijaga erishish tashkilotning o'sishi jarayonida yuzaga keladigan tahdid ostida bo'ladi. Lekin, nazorat xarajatlarining ortishi «agentlar» sonining o'sishiga to'g'ri proportsional emas. Bu yerda «prinsipal» va «agent» o'rtasida axborot asimmetriyasining paydo bo'lishi omilini hisobga olish lozim. Uchinchi o'yinchi - «tabiat» bilan o'yinni tahlil qilgan holda, biz ikkita asosiy o'yinchi o'rtasidagi axborot asimmetriyasidan fikrni boshqa tomonga burdik. tashkilot ichida axborot asimmetriyasining paydo bo'lishi sabablarini aniqlash uchun, institutsional tizim sifatida buyruqbozlik tizimini tadqiq qilgan Fridrix fon Xayekning isbotlarini eslaymiz. Xayek nazarida, bitimning barcha ishtirokchilarini teng va to'liq hajmdagi axborot bilan taminlovchi mexanizm bo'lib mutlaqo raqobatchi bozorlardagi narxning shakllanishi hisoblanadi. Firma doirasida hech qanaqa raqobatli narx shakllanishi to'g'risida gap bo'lishi mumkin emas, «agent»ning o'z mehnatining yakuniy mahsuli qiymatidan muntazam ravishda bosh tortishi ana shundan dalolat berib turibdi. Chunki faqat ish haqi mehnatning yakuniy mahsuliga teng bo'lgan taqdirdagina mehnat bozorida muvozanatga erishish mumkin va narx to'liq axborotni o'zida mujassamlantiradi. Demak, tashkilotning o'sishiga qarab aylanadigan axborotning murakkablashuvi va ixtisoslashuvi yuz beradi, lekin ular samaradorlik bo'yicha narx-navo mexanizmi bilan taqqoslanadigan axborot aylanishi tizimining barpo etilishi bilan kuzatilmaydi. tashkilot ichida qaror qabul qilish jarayoni ularning har birida sifat jihatdan yangi axborot paydo bo'ladigan ko'plab bosqichlarni o'z ichiga oladi. Buning ustiga, ushbu sifat jihatdan yangi axborotga faqat uni olish va unga ishlov berishda bevosita ishtirok etuvchi tashkilot a'zolari ega bo'ladi. Ajoyib axborotga ega bo'lgan tashkilot ishtirokchilari - «agentlar» uni tarqatishdan va uni buzilmagan tarzda «prinsipal»ga uzatilishidan manfaatdor emaslar. Haqiqatdan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.12 KB
Ko'rishlar soni 472 marta
Ko'chirishlar soni 103 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.12 KB
Ko'rishlar soni 472 marta
Ko'chirishlar soni 103 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga