Pul bozori, pul bozorida muvozanat

Pul bozori, pul bozorida muvozanat

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Pul bozori, pul bozorida muvozanat - rasmi

Material tavsifi

Pul bozori. Pul bozorida muvozanat Reja: Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari. Pulga talabning klassik nazariyasi. Pulga talabning keynscha nazariyasi. Pul taklifi. Bank mul'tiplikatori. Pul taklifining kengaytirilgan modeli. Pul mul'tiplikatori. Pul bozoridagi muvozanat. 1. Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari. Pul - iqtisodiyot subyektlari mulkining bir turi bo'lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko'ra farq kilad: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya'ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o'zgarmas bo'lgan sharoitda pul yoki xech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. SHunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat kiladilar? Bu savolga javobni pulning funksiyalaridan topamiz. Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb karaladi. Bular : 1) to'lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o'lchovi vositasi,. jamgarish ( boylik to'plash) vositasi. Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to'lov vositasiga aylantiradi. hozirgi zamon iqtisodiyotida to'lovlar uch yo'l bilan amalgam oshiriladi: 1) nakd pul to'lovi; 2) bankdagi hisobvaraklarda yozuv orqali, ya'ni nakd bo'lmagan pul ko'chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga karzdorliligini tasdiklovchi hujjatlar( veksellar, karz majburiyatlari) yordamida. qiymat o'lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi. O'z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim xam birdaniga ishlatvermaydi. SHu sababga ko'ra pullar ularga o'tkazilgan qiymatni saklab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo'lsa, unda u boylik to'plash maqsadida jamgariladi. Pulning bu funksiyasini mukobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, ko'chmas mulk xam bajarishi mumkin. Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to'lov vositasi sifatidagi vazifasi jamgarish vositasi vazifasiga nisbatan muhimrok ao'xamiyat kasb etadi. Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saklab turishi xususiyatlar barcha turdagi to'lov vositalarida bir xil emas. Nakd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga karaganda yuqorirok. SHu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo'linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniklashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o'zaro farq qilish mumkin. Kuyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: M0- bank tizimidan tashqaridagi nakd pullar va tijorat banklarining Markaziy bankdagi rezervlari; M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo'l cheklari va boshqalar; M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar ; M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar* Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko'p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog'liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.87 KB
Ko'rishlar soni 1259 marta
Ko'chirishlar soni 288 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.87 KB
Ko'rishlar soni 1259 marta
Ko'chirishlar soni 288 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga