Pul muomalasi, kredit va banklar

Pul muomalasi, kredit va banklar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Pul muomalasi, kredit va banklar - rasmi

Material tavsifi

25 М A V Z U PUL MUOMALASI, KREDIT VA BANKLAR Pul tizimi. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari Pul tizimi - bu davlat tomonidan qonuniy tartibda o'rnatilgan pul muomalasini tashkil qilish shakli va unga xizmat qiluvchi kredit muassasalaridir. Pul kredit tizimi to'gri ishlaganda u kirim va chiqimlar sirkulatsion oqimlari hayot manbasi bilan ta'minlaydi. To'gri yuritilgan pul kredit tizimi iqtisodiyotga to'liq bandlik va manbalarning samarali foydalanilishiga yordam beradi. Noto'gri yuritilayotgan pul kredit tizimi natijalar, iqtisodiy darajalari, ish bilan ta'minlanganlik, va narxlarda jiddiy tebranishlar xosil etadi va manbalar ta'minotini noto'gri aks ettiradi. Pul odamlarni sexrlab qo'yadi. Ular pul uchun xavotirlanishida va ter to'kishadi. Ular pulni topish uchun eng nostandart yo'llardan va ulardan qutilish uchun eng o'zgacha yo'llardan foydalanishadi. Pul bu ishlatishdan tashqari hech narsaga arzimaydigan yagona maxsulot. Uni investitsiya qilmaguningizga qadar yoki ishlatmaguningizga qadar pul o'zidan o'zi sizni to'ydirmaydi, kiyintirmaydi, bosh pana bermaydi va ko'nglingizni olmaydi. U faqat ketkizishda ahamiyat kasb etadi. Odamlar pul uchun deyarli hamma narsaga tayyor va pul odamlarga deyarli barcha narsani berishi mumkin. Pul bu o'ziga tortuvchi, aylanuvchi, niqobli jumboq. 25.1-rasm Pul tizimining tarkibiy qismlari Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi to'lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning harakati. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to'lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo'lgan pul massasi ularni qo'shish yo'li bilan aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilarda turli xil moliyaviy aktivlarga ega bo'lish imkoniyati mavjud bo'ladi. Pul, turlicha qimmatli qog'ozlar, bankdagi hisoblar, ko'chmas mulk, qimmatli metallar, antikvar buyumlar va boshqa shu kabilar moliyaviy aktivlar shakli hisoblanadi. Pul nima o'zi? Qadimiy maqolda aytilishicha pul bu pul bajaradigan ishdir. Umuman olganda pul vazifasini bajaruvchi xar bir narsa puldir. Pul qanday vazifalarni bajaradi? 25.2-rasm Pulning vazifalari Muomala vositasi. Birinchi va eng asosiy o'rinda pul tovar va xizmatlarni sotish va sotib olishda foydalanish imkoniyatini beruvchi ayriboshlash vositasi. Novvoy xaftasiga 200 dona teshik kulcha ko'rinishidagi oylikni olishni xoxlamaydi. Shunga o'xshab novvoyxona boshlig'i ham teshik kulchalar o'rniga baliq olishni xoxlamaydi. Pul esa to'lov uchun osongina olinadigan vosita. Pul bu ijtimoiy ixtiro bo'lib ta'minotchi va ishlab chiqaruvchilarga to'lanishi va ular tomonidan bozordagi ko'pgina turdagi narsalarni olish imkoniyatini beruvchidir. Ayriboshlash vositasi sifatida pul jamiyatga barter qiyinchiliklaridan qochishga imkoniyat yaratadi. Pul tovar ayriboshlashning qulay yo'li bo'lgani uchun jamiyatga geografik va inson ihtisoslashuvlarining afzalliklaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Qiymat o'lchovi birligi. Pul ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 650.68 KB
Ko'rishlar soni 292 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 650.68 KB
Ko'rishlar soni 292 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga