Pul va pul haqidagi nazariyalar. Hozirgi zamon pulining tabiati. Ma'lumki, pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo'lgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomolasiga ahamiyat yanada kuchaydi. (Hozirgi paytda o'zbek tilida ishlatilayotgan pul1 so'zi asli forscha-tojikcha bo'lib, O'rta Osiyo xondiklari, Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qo'llanilgan naqd chaqa pul. Masalan, XVII, XIX asrda Qo'qon xonligida 145, - 130 tangaga teng bo'lgan. Eronda 140 qironga, Afg'onistonda 1932 yilgacha 1100 afg'onga teng bo'lgan. Fikrimizcha, oltin tangalar o'rnida qog'ozning ishlatilishi uning qadri past, ya'ni oltin tanga bo'la olmasligini ta'kidlab, muomalada umumiy nom pul deb atala boshlagan bo'lishi kerak. Umumiy nom ham taraqqiyotning ma'lum bir yuqori bosqichida paydo bo'ladi.) Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion yondashuv mavjud. Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o'rtasida kelishuv tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu subyektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo'llaquvvatlanadi. Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti mahsuli deb qaraladi. Pul obyektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan. Pulning kelib chiqishi haqidagi har ikki yondashuvga xos nazariyalarni to'rt guruhga bo'lish mumkin. 1. Metallik pul nazariyasi. Bu nazariyaga ko'ra qimmatbaho metallar oltin va kumush o'z tabiatiga ko'ra pul. Bu nazariyada pul va qimmatbaho metallar aynan bir xil narsa deb qaraladi. 2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi. Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qaramaqarshi nazariya bo'lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi. 3. Pulning mehnat nazariyasiga ko'ra pul ichki qimmatga ega maxsus tovar. Uning qiymati umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar - oltin, kumushni qidirib topish, qazib chiqarish va undan tangalar tayyorlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan o'lchanadi. 4. Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin asosi bekor qilingan. Hozirgi paytda pul haqidagi nazariyalar ichida miqdoriylik nazariyasi eng obro'li nazariya hisoblanadi. Muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori muammosi kapitalizm rivojlanishining boshlanish davriga borib taqaladi. «Yangi dunyo» Amerika qit'asi kashf etilgach, u erlardan Evropaga qimmatbaho metallarni oqib kelishi (1503-1560 yillar davomida Ispaniyaga 120 tonna oltin, 574 tonna kumush olib kelindi) tovarlar narxini 2,5-4 martagacha oshib ketishiga olib keldi. Ana shundan so'ng iqtisodchilar muomaladagi pul miqdorini o'rganishga diqqat-e'tiborlariini qaratdilar. Miqdoriylik nazariyasining asoschisi bo'lib, fransuz iqtisodchisi ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.36 KB
Ko'rishlar soni
485 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.36 KB
Ko'rishlar soni
485 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: doc