Pulga talabning klassik nazariyasi. Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo'lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi: M · V = P · Y Bu yerda: M - muomaladagi pul miqdori; V - pulning aylanish tezligi; P - baholar darajasi (baho indeksi); Y - real YaIM. Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo'lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o'zgarishi mumkin. V doimiy bo'lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo'ladi: M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan: P · Y M= -- V* P · Y - nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o'zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o'zgarishiga bog'liq. Muomaladagi pul massasining o'zgarishi, klassik nazariyaga ko'ra, Y sekin o'zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta'sir ko'rsatadi. Bu holat pulning neytralligi nomini olgan. Monetaristlar qoidasiga ko'ra hukumat pul massasining o'sish suratini, real YaMMning o'rtacha o'sish surati darajasida ta'minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo'ladi. Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi: M=k*PY Bu yerda: k= 1V - pulning aylanish tezligiga teskari miqdor. k - koeffitsiyentni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko'rsatadi. Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo'lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko'rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko'zda tutadi. Pulga real talab quyidagi ko'rinishda hisoblanadi: (MP) D = k Y Bu yerda: MR - real pul qoldig'i, pul mablag'larining real zahirasi deb nomlanadi. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.14 KB
Ko'rishlar soni
578 marta
Ko'chirishlar soni
89 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.14 KB
Ko'rishlar soni
578 marta
Ko'chirishlar soni
89 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: doc