Pul-kredit siyosati va bank tizimi

Pul-kredit siyosati va bank tizimi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Pul-kredit siyosati va bank tizimi - rasmi

Material tavsifi

Pul-kredit siyosati va bank tizimi Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari. Pul-kredit siyosatining maqsadlari va vositalari. ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi. Majburiy zaxiralash normasi. Pul -kredit siyosatining yetkazish mexanizmi. Qattik va yumshoq pul -kredit siyosati. Pul-kredit va fiskal siyosatning o'zaro bog'liqligi. 1. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari. Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga oshiriladi. Bunday mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sugo'rta kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va x.k.lar kiradi. «Bank» tushunchasi kadimiy fransuzcha bang va banca so'zlaridan kelib chikkan bo'lib, «sarrof kursisi, do'koni» degan ma'noni anglatadi. Bunday tushuncha tarixchilarning taxminan 200 yil mukaddam faoliyat ko'rsatgan bankirlar haqidagi ma'lumotlarida xam mavjud. Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo'lgan aloqalariga xizmat qiluvchi institut (muassasa)dir. Pul bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatuvchi tashkilotlar ko'p, ammo ularning markazida banklar turadi. O'zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to'grisida»gi qonunida, bank nima, degan savolga kuyidagicha javob topish mumkin: Bank - tijorat tashkiloti bo'lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir. O'zbekistondagi bank tizimi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, aktsiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2005 yil 1-iyul' holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 tijorat bankini o'z ichiga oldi. Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo'ladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Xamma pul to'lovlari (transfertlar) banklar orqali o'tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi: - pul va kimmatli buyumlarni omonatga olib, saklab beradi; - pul bilan bo'ladigan hisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul to'lash ishlarini bajaradi; - chet el valyutasini sotadi va sotib oladi; - o'z ko'lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga (muhtojlarga) karz (ssuda)ga beradi, ya'ni, kredit bilan shugullanadi; - o'z puliga aktsiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi; - biznes yuzasidan maslahat beradi va xokazo. Bank ishi pul olamida bo'ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish maqsadida yuritiladi. Markaziy bankning monopollik mavkei uning mamlakatdagi pul va pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy vazifalari kuyidagilar: Markaziy banning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta'minlashdan iborat. Asosiy vazifalari: Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, kabul qilish va amalga oshirish; Kzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta'minlash; Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat qilish, kimmatbaho qog'ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash; O'zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo'yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish; Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.03 KB
Ko'rishlar soni 325 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.03 KB
Ko'rishlar soni 325 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga