Pul-kredit tizimi, banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli

Pul-kredit tizimi, banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Pul-kredit tizimi, banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli - rasmi

Material tavsifi

Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli. R e j a Pul muomalasi va uning amal qilish qinuniyatlari. Inflyatsiya, uning sabablari va turlari, undan chiqish yo'llari. Kreditning mohiyati va turlari. Banklar va O'zbekistonda bank tizimi. Bozor iqtisodiyotida banklarni roli. A D A B I Yo T L A R Karimov I.A. - O'zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo'lida. T. O'zbekiston-1995. Ioxin V.Ya. Ekonomicheskaya teoriya. - M.: Ekonomist, 2005. - 356 s. Kulikov L.M. Ekonomicheskaya teoriya. - M.: TK Vebli, Izd-vo Prospekt, 2005. - 421 s. Ekonomika.8-e izd., prererab. i dopolnennoe. - Pod red. A.S. Bulatova. -M.: Ekonomist, 2005. - 224 s. Ekonomicheskaya teoriya. - Izd. ispr. i dop. Pod obsh. red. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlevoy, L.S.Tarasevicha. - M.: INFRA-M, 2005. - 322 s. Ekonomicheskaya teoriya. Pod. red. A.G.Gryaznovoy, T.V.Chechelovoy - M.: Ekzamen, 2004. - 478 s. Ekonomicheskaya teoriya. Pod red. V.D.Kamaeva. - 10-e izd., pererab. i dop. - M.: Gumanit. izd. tsentr VLADOS, 2004. - 265 s. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR. Pul muomalasi - tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakteridagi to'lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlarning harakati. Pul tizimi - tarixdan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan mustahkamlangan, mamlakatda pul muomalasini tashkil qilish shakli. Inflyatsiya - qog'oz pul birligining qadrsizlanishi. Kredit - bo'sh turgan pul mablag'larini ssuda fondi shaklida to'plangan va ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish. Foiz normasi (stavkasi) - foiz yoki foizli daromadning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi. Banklar - kredit munosabatlariga xizmat qilib, kredit tizimining negizini tashkil qiluvchi maxsus muassasalar. Bank operatsiyalari - mablag'larni jalb qilish va ularni joylashtirish bo'yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar. Bank foydasi (marja) - olingan va to'langan foiz summalari o'rtasidagi farq. Bank foyda normasi - bank sof foydasining uning o'z kapitaliga nisbatining foizdagi ifodasi. PUL MUOMALASI VA UNING AMAL QILISh QONUNIYaTLARI. Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notavar xarakterdagi to'lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar, unga tenglashtirilgan aktivlarning harakatidir. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to'lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo'lgan pul massasi ularni qo'shish yo'li bilan amalga oshiriladi. Pul muomalasi o'ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. Muomalani ta'minlash uchun zarur bo'lgan pul miqdori qo'yidagilarga bog'liq: Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.16 KB
Ko'rishlar soni 386 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.16 KB
Ko'rishlar soni 386 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga