Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari

Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari. Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga malum. Pul qanday paydo bo'lgan va qanday tarixiy yo'lni bosib o'tgan? Pulning kelib chiqishi haqidagi masala turli xil nazariyatchilar tomonidan ayirboshlashning rivojlanish jarayoni bilan bog'liqligi takidlanadi. Bir tovarning qiymati u boshqa tovarga ayirboshlaganda malum bo'ladi (T-T). Birinchi qarashda ayirboshlash bitimida tovarlar bir xil rol o'ynaydigandek ko'rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o'z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa (uning qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi) ekvivalent rolida chiqadi, qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning ko'rtagi mavjud bo'ladi. Ayirboshlash rivojining dastlabki bosqichi qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli deb ataladi. Bunda, masalan, boltaning egasi uni 4 qop donga almashtiradi. ( 1 bolta= 4 qop don). Bu tenglikda bolta o'z qiymatini 4 qop donda ifodalaydi. 4 qop don esa bolta qiymatining ifodasidir, uning qiymatini ifodalash uchun material bo'lib xizmat qiladi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va ishlab chiqarishning o'sishi natijasida ayirboshlash yanada rivojlandi. Tobora ko'p turdagi va miqdordagi mahsulotlar ayirboshlash jarayoniga jalb etilib boradi. Bunda oldi-sotdi vositasiga layoqatli bo'lgan tovar-pul zarur bo'lib qoldi. Pul rolini turli tovarlar bajarib, ishlab chiqarishning rivojlanish jarayonida bu rol asta-sekin oltinga o'tib borgan. XIX asrning oxirida mamlakatlar birin ketin oltin valyutaga, yani monemetal tizimiga o'ta boshlaydilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900 yilda sodir bo'ladi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi. O'zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq, kumush va mis tangalar muomalada bo'lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda pul islohatini o'tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti - Buxoroda markazlashtiriladi. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og'irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori - 958 bo'lgan1. Umumiy ekvivalent rolini nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilishiga sabab quyidagilar: Sifat jihatdan bir xil o'lchamga keltirish mumkinligi; Zanglamasdan va uzoq muddat saqlash mumkinligi; Bo'linuvchanligi va uni yaxlit holiga keltirish mumkinligi; Tabiatda nisbatan kamyobligi; Ozgina miqdordagi va og'irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi; Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin. Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ayirboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasidir. Pul (oltin yoki kumush) umumiy ekvivalent rolini o'ynovchi maxsus tovardir. Ulardan xulosa qilib, pulning mazmuniga quyidagicha ta'rif berish mumkin. Pul - hamma tovarlarni va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo'lgan umumiy ekvivalentdir. Pulning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.14 KB
Ko'rishlar soni 398 marta
Ko'chirishlar soni 61 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.14 KB
Ko'rishlar soni 398 marta
Ko'chirishlar soni 61 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga