Qadimgi sharqdagi iqtisodiy g'oyalar

Qadimgi sharqdagi iqtisodiy g'oyalar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Qadimgi sharqdagi iqtisodiy g'oyalar - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi sharqdagi iqtisodiy g'oyalar Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo'lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to'g'ridir. Iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo'lishi bilan boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog'i, xususiy mulk paydo bo'lishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir. Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oralig'ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro'y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo'jaligida intensiv, ko'p hollarda sug'orma dehqonchilikka o'tildi, shu asosda nisbatan turg'un ko'shimcha mahsulot olish imkoni tug'ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko'pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo'ldi. Bu davrda qo'shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo'li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo'lsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham (Yevropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim «erkin» aholining ahvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko'pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, yani uy xo'jaligida ustun bo'lgan. Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo'jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (Farbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog'liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O'z mahsulotini sotishga mo'ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo'jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya). Bizgacha etib kelgan eng qadimgi qo'lyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o'rtasidagi munosabatlar to'g'risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to'la shakllanmagan bo'lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiy aholidan bo'lishidan kati nazar) kerak deyilgan. Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yo'q bo'lgan usha sharoitda qarzdor kulchilik xo'jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq to'lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo'lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g'oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilari huquqlari himoya etilgan, aholi erini sotish man etilgan (m.a. 1792-1750) Xammurapi qonunlari (282 ta) bo'yicha Sudxo'rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak. Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.08 KB
Ko'rishlar soni 559 marta
Ko'chirishlar soni 117 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.08 KB
Ko'rishlar soni 559 marta
Ko'chirishlar soni 117 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga