Qand, qand tayyorlash texnologiyasi, assortimenti va sifatiga qo'yiladigan talablar Qand eng muhim oziq-ovqat mahsulotidir. U har kuni iste'mol qilinishidan tashqari qandolatlik va novvoylikda, spirtli va spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Qand yuqori kaloriyaga ega ( qand 405 k. kal beradi), odam organizmida yengil va to'la hazm bo'ladi. O'zbekistonda qand asosan qand lavlagidan olinadi, qand lavlagi tarkibida 16-18% saharoza bor. Ko'pchiliq issiq iqlimdagi oblastlarda qand shakarqamishdan ishlab chiqariladi. Qand ishlab chiqarish usuliga ko'ra ikki guruhga, ya'ni qand-shakar va oq qandga bo'linadi. Oqartirilgan qand-shakar ham oddiy qand-shakar kabi olinadi, ammo u bug'latishdan oldin yana bir marta tozalanadi (oqartiriladi). Oqartirilgan qand-shakar oddiy qand-shakardan oqroq, kristallari esa yaltiroqroq bo'ladi. Qand-shakar qirralari yaqqol ko'ringan oq, mayda kristallardan iboratdir. Sifatini baholashda uning tarkibidagi saharozaga, shakarning rangiga, namligiga va begona qo'shilmalarning bor-yo'qligiga e'tibor beriladi. Qand-shakar tovar navlariga bo'linmaydi. Oq qand shakardan olinadi. Ishlab chiqarish usuliga qarab u - presslangan oq qand, quyma qand xossalariga ega bo'lgan presslangan oq qand, tez eriydigan presslangan oq qand, quyma oq qand va bolalar oq qandlariga bo'linadi. Presslangan oq qand vakuum-apparat orqali tsentrifugaga uzatilgan oq qand massasidan tayyorlanadi. Tsentrifugada kristallar patokadan ajratib olinadi va oqartiriladi. Hosil bo'lgan ho'l shakar qoliplarga solinadi, to'g'ri burchak shaklida presslanadi, quritiladi, keyin to'g'ri shaklda ushatiladi. Bolalar qandi har xil qushlar, hayvonlar, samolyotlar shaklida ishlab chiqariladi va har xil rangga bo'yaladi. Qand talqoni qo'shimcha mahsulot sifatida quyma qandni qirqish va ushatish vaqtida hamda oq qandni maxsus maydalash yo'li bilan hosil qilinadi. Donador bo'lib qolishdan saqlash uchun unga 3% gacha kraxmal qo'shiladi. Oddiy shakar tarkibida saxaroza 99% dan kam bo'lmasligi, kristallarining tuzilishi bir xil, qirralari yaqqol ko'rinib turadigan, rangi oq yaltiroq, sochiluvchan, quruq, yopishmaydigan, donalari bir-biriga yopishib qolgan qumaloqlar va sariq donalar, begona aralashmalar bo'lmasligi, suvda to'liq erib, tiniq eritma hosil qiladigan bo'lishi shart. Sariq rangli, nam tortgan, boshqacha ta'm va hid beradigan, ifloslangan va suvda toza erimaydigan shakar savdoga chiqarilmaydi. shakarning namligi 0,14% dan yuqori bo'lishi mumkin emas. Tozalangan shakarning sifat belgilari ham yuqoridagicha bo'lib, uning tarkibida saxaroza 99,9% dan kam bo'lmasligi kerak. Oq qand toza, salgina ko'kimtirroq oq rangli, dog'zis va boshqa qo'shilmalarsiz, begona ta'm va hidlarsiz bo'lishi kerak. Undagi saxarozaning miqdori ham 99,9% dan kam bo'lmasligi lozim. Ushatilgan presslangan chaqmoq qand, tez eriydigan presslangan chaqmoq qand va qand talqonining namligi-0,2%; quyma qand xossalariga ega bo'lgan presslangan chaqmoq qand namligi- 0,25%; ushatilgan quyma qand namligi esa - 0,4% bo'ladi. haroratdagi suvda qirrasi . li, maydalangan quyma qand kami bilan 8 daqiqada; ushatilgan presslangan qand 6 daqiqada; ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.51 KB
Ko'rishlar soni
400 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.51 KB
Ko'rishlar soni
400 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: docx