Qandolat mahsulotlari, ularning assortimenti va sifatiga qo'yiladigan talablar

Qandolat mahsulotlari, ularning assortimenti va sifatiga qo'yiladigan talablar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Qandolat mahsulotlari, ularning assortimenti va sifatiga qo'yiladigan talablar - rasmi

Material tavsifi

Qandolat mahsulotlari, ularning assortimenti va sifatiga qo'yiladigan talablar Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda shakar, yog', sut, tuxum, asal, meva va sabzavotlar hamda xushbo'ylashtiruvchi va bo'yoq moddalar kabi turli xom ashyo ishlatiladi. Qandolat mahsulotlari tarkibida qand ko'p, suv kam, shu sababli u xushxo'r va yuqori kaloriyali bo'ladi, yoqimli ta'm va xushbo'y hidi bilan organizmda yaxshi hazm bo'ladi. qandolat mahsulotlari quyidagi guruhlarga bo'linadi: meva va rezavor-meva mahsulotlari, shokolad va kakao kukuni, karamel mahsulotlari, konfetlar, draje, iris, undan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, xolva, sharq shirinliklari, parhez va vita'minlashtirilgan qandolat mahsulotlari. Meva va rezavor-mevali mahsulotlar. Bu guruhga marmelad, pastila, murabbo, jem, povidlo, konfityur, jele va tsukatlar kiradi. Marmelad meva va rezavor-mevali hamda jeleli qilib ishlab chiqariladi. Meva va rezavor-mevali marmelad olma marmeladi va pat marmeladi tarzida ishlab chiqariladi. Olma marmeladi olma pyuresiga shakar aralashtirib qaynatish va unga boshqa mevalardan olingan pyure, ozuqa bo'yoq moddalar, xushbo'y essensiya va kislotalar qo'shish yo'li bilan tayyorlanadi. Hosil bo'lgan massa qoliplarga solinadi va quritiladi. Olma marmeladi shakldor kesma va qatlamli marmeladlarga bo'linadi. shakldor marmeladlar har xil buyumlar shaklida ishlab chiqariladi, ba'zan unga olxo'ri pyuresi qo'shiladi. Kesma marmelad to'g'ri burchak yoki rombga o'xshash qilib ustiga shakar yoki qand talqoni sepib, ba'zan issiq qand sharbatiga botirib olish yo'li bilan olma pyuresidan ishlab chiqariladi. Katta-katta bo'laklardan iborat qatlamli marmelad to'g'ri burchak shaklida qatlamli qilib ba'zida meva va rezavorlar pyuresi qo'shib olmadan tayyorlanadi. U bir xil rangda bir qatlamli yoki har xil rangda ko'p qatlamli bo'ladi. Pat marmeladi yarim shar, dumaloq no'xat, ion yoki oval shaklida ustiga shakar, qand talqoni sepilgan, shuningdek, qand sharbati quyilgan holda tayyorlanadi. Pat marmeladi asosan o'rik pyuresidan tayyorlanadi. Jeleli marmelad shakar, patoka va jelelovchi moddalar- agara, pektin yoki agaroiddan ishlab chiqariladi. U ham olma marmeladi kabi tayyorlanadi. Jeleli marmelad shakldor va kesma bo'ladi. Pastila meva va rezavor- meva pyuresini tuxum oqsili, shakar, patoka, agar hamda har xil xushbo'y ta'm va bo'yoq moddalari bilan aralashtirishdan hosil bo'ladigan mahsulotdir. Pastila unga qo'shilgan jelelovchi massaga ko'ra yopishqoq moddali va qaynatma bo'ladi. Damlama pastila olma-shakar-marmelad massasiga yopishkoq moddali sharbat aralashtirmasdan tayyorlanadi. Qo'shilgan moddalariga va ta'miga qarab, qaynatma pastila klyukvali, ryabinali, o'rikli, olxo'rili, limonli, mandarinli va boshqa turlarga bo'linadi. Pastilaning ta'mi va hidi o'z turiga xos bo'lishi kerak; bir xil rangli (oq, oq-pushti yoki sariq); tuzilishi mayda g'ovakli; yumshoq, osonlik bilan sinadigan bo'lishi; chetlari va qirralari bukilmagan to'g'ri shaklli; sirti silliq (zefirniki taram-taram) yupqa kristall po'stli; bir tekisda qand talqoni sepilgan bo'lishi kerak. Pastilaga begona qo'shilmalar qo'shilishiga va tarkibidagi shakarning tishda gijirlashiga yo'l qo'ymaslik kerak. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.84 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.84 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga