Qayta ishlangan meva va sabzavotlar, ularning assortimenti va sifatiga qo'yiladigan talablar Meva va sabzavotlarning saqlanish muddatini uzaytirish, bu mahsulotlarning assortimentini (xilini) ko'paytirish maqsadida ular qayta ishlanadi: qoqi qilinadi, achitiladi, tuzlanadi, ziravor qo'shib sirkalanadi, bankali konservalar tayyorlanadi va h.k. Meva qoqilar. Qoqiga mo'ljallangan mevalar avval sifati va o'lchamiga qarab, navlarga ajrataladi, yuviladi, agar zarur bo'lsa, tozalab qirqiladi. Mevalar asralganda, ularning tabiiy rangi va chidamliligini saqlash uchun ular oltingugurt gaziga tutiladi. shundan keyin ular oftobda yoki quritgichlarda quritiladi. Quritish vaqtida meva tarkibidagi suvning ko'p qismi bug'lanib ketadi, buning natijasida qand va kislota kontsentra-tsiyasi ortadi. Bularning barchasi mikroorganizmlarning rivojlanishini susaytiradi va meva qoqisining uzoq saqlanishiga imkon beradi. Meva qoqisining namligi ularning turiga qarab, ko'pi bilan 17 - 24% dan oshmasligi lozim. Olma qoqi quyidagi turlarga bo'linadi: -po'sti va o'zagi tozalanib, halqa-halqa qilib qirqilgan, oltingugurt gaziga tutilgan olma; -tozalanmagan (po'stli va o'zakli) halqa-halqa qilib qirqilgan yoki bo'lakchalarga bo'lingan va oltingugurt gaziga tutilgan olma; -tozalanmagan, bo'lakchalarga yoki halqa qilib bo'lingan va oldindan namakoblangan olma; -tozalanmagan, halqasimon qismlarga yoki ikkiga bo'lingan, oltingugurt gaziga tutilmagan va namakoblanmagan olma; -ipga tizilgan, tozalanmasdan, qismlarga yoki ikki bo'lingan va tutun bilan quritilgan olma; turli usullar bilan quritilgan butun yoki qirqib quritilgan yovvoyi olma. Oltingugurt gaziga tutilgan va tozalangan olma qoqi oliy va 1-navlarga, tozalanmagan 1-va 2-navlarga bo'linadi, ipga tizib quritilgan va yovvoyi olma, qoqi navlarga ajratilmaydi. Navlarga ajratishda rang, ta'm, hid, shakl, shuningdek, kuygan, maydalangan, kasallangan va hasharot tekkan qoqining bor-yo'qligi, meva cho'pi, urug'i, barglari kabilar bilan ifloslangan-ifloslanmaganligi nazarda tutiladi. Nok qoqi - nokning Tonkovetka, Limonka, Ilinka, Bessemyanka va boshqa navlaridan tayyorlanadi. Nok butunligicha yoki bo'laklarga bo'lib, tozalangan yoki tozalanmagan holda va o'zagi bilan quritiladi. Sifatiga qarab,nok qoqi 1-va 2-navlarga bo'linadi. Bunda ham olma qoqini navlarga bo'lishdagi ko'rsatkichlar asos qilib olinadi. O'rik qoqu turshak, bargak va ashtar-pashtakka bo'linadi. Turshak danagi bilan quritilgan, oldindan oltingugurt gaziga tutilgan va tutilmagan o'rikdir. O'rikning pomologik naviga qarab, turshak quyidagi turlarga bo'linadi: Mirsanjeli, Subxani, Isfarak, Xurmoy, MA'RUZAoi, Qandaki va Xashaki. Zavodda ishlov berilgan oltingugurt gaziga tutilgan turshak sifatiga qarab, oliy, 1-va 2-navlarga, oltingugurt gaziga tutilmagan va zavodda qayta ishlanmagan turshak esa 1-va 2- navlarga bo'linadi. Bargak danagi olinib, quritilgan o'rikdir. O'rikni tayyorlash va qayta ishlash usuliga qarab, qirqilgan va yorilgan, oltingugurt gaziga tutilgan va tutilmagan bo'ladi. Bargak ham xuddi turshak qilinadigan o'rikning pomologik navidan olinadi. Ashtar-pashtak quritishdan oldin danagi siqib chiqarilgan o'rikdir. U oltingugurt gaziga tutilgan va tutilmagan bo'lishi mumkin. Oltingugurt gaziga tutilgan, zavodda ishlov berilgan ashtar-pashtar va bargak oliy, 1- va 2-navlarga, oltingugurt gaziga ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.09 KB
Ko'rishlar soni
229 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.09 KB
Ko'rishlar soni
229 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: docx