Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish fanining mazmuni, vazifalari va o'rganish usullari Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida qishloq xo'jaligining iqtisodiyotdagi o'rni va vazifalari Har qanday jamiyatning asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish kishilik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun moddiy ne'matlar yaratadi. Insoning moddiy ne'matlar ishlab chiqarishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati - mehnat jarayonidir. Ishlab chiqarish uchun kishilar bir-birlari bilan o'zaro aloqa va munosabatga kirishadilar, xuddi shu ijtimoiy aloqa va munosabatlar orqali tabiatga ta'sir qiladilar, shu tariqa ishlab chiqarish sodir bo'ladi. Moddiy ishlab chiqarishning dastlabki va yirik sohasi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidir. Bu sohaning asosiy vazifasi mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa xomashyoga bo'lgan talabini qondirishdir. Shunga ko'ra, qishloq xo'jaligining taraqqiyoti har bir mamlakat uchun ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham siyosiy ahamiyatga ega. Prezidentimiz I.A. Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari nomli asarida ta'kidlaganlaridek: Alohida e'tibor qaratish lozim bo'lgan navbatdagi eng muhim ustuvor vazifa - qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o'zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog'liq keng ko'lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o'rni va ahamiyatini tubdan qayta ko'rib chiqish, fermer xo'jaliklari rivojini har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. 2009-yili tasdiqlangan Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili Davlat dasturida bu hujjatning mazmun-mohiyati, eng muhim yo'nalishlari, konkret parametrlari va moliyaviy manbalari aniq belgilab qo'yilganini hisobga oladigan bo'lsak, bugun bu masalalarga batafsil to'xtalib o'tishning zarurati bo'lmasa kerak. Lekin bu ustuvor yo'nalish va uni amalga oshirish dasturi nafaqat 2009-yil, balki o'rta muddatli istiqbol uchun belgilab olinganini alohida ta'kidlash o'rinlidir. Qishloq xo'jaligini isloh qilishdan asosiy maqsad - mulkchilik munosabatlarini rivojlantirish, qishloqda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish orqali mavjud tabiiy, yer, suv, mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlashdan iborat. Resurslardan samarali foydalanish, ularning qaytimi borasida ham foydalanilmayotgan imkoniyatlarimiz hali ko'p. Fanning predmeti va vazifalari Iqtisodiy fan, kamyob resurslarni taqsimlashning muqobil yo'llarini o'rganuvchi fandir. Mantiqiy to'g'ri xulosalar chiqarish va qarorlar qabul qilish uchun har bir nazariya va modelni, iqtisodiy qonunlarni shu sohaning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qo'llash taqozo qilinadi. «Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fani ham bundan mustasno emas. «Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fani iqtisodiy fan bo'lib, ayrim olingan korxonalarda iqtisodiy qonunlar, nazariyalar, modellar harakati mexanizmining o'ziga xos xususiyatlarini, ulardan foydalangan holda korxonalar faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish yo'llarini o'rgatadi. «Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fani boshqa iqtisodiy fanlar singari cheklangan resurslar sharoitida moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, taqsimlash ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.39 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.39 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: doc