Qishloq xo'jaligi tarmoqlari va ularning turkumlanishi

Qishloq xo'jaligi tarmoqlari va ularning turkumlanishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Qishloq xo'jaligi tarmoqlari va ularning turkumlanishi - rasmi

Material tavsifi

Qishloq xo'jaligi tarmoqlari va ularning turkumlanishi Qishloq xo'jaligida turli-tuman mahsulotlarni yetishtirish jarayonlari qo'llanilayotgan mehnat qurollari, mahsulot yetishtirish usuli, mehnatni tashkil qilish xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun - qo'llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko'ra bir-biridan farq qiladigan ishlab chiqarishning bir qismiga tarmoq deb aytiladi. Qishloq xo'jaligidagi tarmoqlar asosan ikkita katta guruhga: o'simlikchilik va chorvachilikka (11-chizma) bo'linadi. O'simlikchilik tarmog'i - paxtachilik, g'allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog'dorchilik kabi tarmoqlarga, chorvachilik tarmog'i esa - qoramolchilik, qo'ychilik, pillachilik, parandachilik, yilqichilik va boshqalarga bo'linadi. Har bir qishloq xo'jaligi korxonasida bir necha tarmoq mavjud, ular orasida korxonaning maqsadi va vazifalarini, asosiy yo'nalishini ifoda etuvchi asosiy tarmoq mavjud bo'ladi. Qishloq xo'jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo'linadi: - asosiy tarmoq; - yordamchi tarmoq; - xizmat ko'rsatuvchi tarmoq; - qo'shimcha tarmoq. Asosiy tarmoq deb, korxonaning jami tovar mahsulotida yoki yalpi mahsulotida eng katta salmoqqa ega bo'lgan, uning maqsad va vazifalarini ifodolovchi hamda ixtisoslashishi - yo'nalishini belgilovchi tarmoqqa aytiladi. Asosiy tarmoq bir yoki bir necha xil mahsulotlar yetishtirishi, bir necha kichik tarmoqlarni o'z ichiga olishi mumkin. Asosiy tarmoq o'z mahsuloti korxonaning tovar mahsulotida 50 foizdan kam bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Yordamchi tarmoq - korxonaning tovar mahsuloti bo'yicha asosiy tarmoqdan keyingi o'rinda turadigan, asosiy tarmoq bilan texnologik hamda tashkiliy jihatdan bog'langan, asosiy tarmoqning muttasil rivojlanib borishi uchun bevosita yordam ko'rsatadigan tarmoqdir. Masalan, paxtachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan yirik korxonalarda sut qoramolchiligi yordamchi tarmoq sifatida tashkil qilinadi. Paxta hosildorligini surunkali oshirib borish paxta dalalariga katta hajmda organik o'g'it (go'ng) solishni taqazo etadi. Paxtachilik tarmog'i esa chorvachilikni paxta chiqindilari, almashlab ekish dalalaridan olingan yem-xashak bilan ta'minlaydi. Paxtachilik, sabzavotchilik sut qoramolchiligi tarmog'i bilan texnologik jihatdan juda mustahkam bog'langan. Xizmat ko'rsatuvchi tarmoq korxonada asosiy va yordamchi tarmoqlarga xizmat ko'rsatadigan, tovarlik xususiyatiga ega bo'lgan yoki bo'lmagan tarmoqdir. 11-chizma. Qishloq xo'jaligida tarmoqlarning turkumlanishi Qishloq xo'jaligi korxonalarida xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarga - mashina-traktor parklari(MTP), ta'mirlash ustaxonasi, elektr, suv hamda moddiy ta'minot xizmatlari, melioratsiya otryadlari, avtomobilь saroyi va boshqalar kiradi. Yirik qishloq xo'jaligi korxonalarida, ayniqsa kooperativ (shirkat) xo'jaliklarida bunday xizmat turlari tashkil etilishi va ularning maqsadga muvofiq shaklda bo'lishi korxona uchun samara berishi mumkin. Ko'lami jihatidan kichik qishloq xo'jaligi korxonalarida, ya'ni fermer xo'jaliklarida va ayniqsa, dehqon xo'jaliklarida xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarni tashkil etish imkoniyati kamroq. Qo'shimcha tarmoq yirik qishloq xo'jaligi korxonalarida shu korxonani tabiiy, mehnat resurslaridan foydalanishni yanada to'laroq ta'minlash maqsadida qo'shimcha tarmoqlar tashkil etilishi mumkin. Qo'shimcha tarmoqlarga sanoat, kapital qurilish xarakteriga ega bo'lgan tarmoqlar kirishi mumkin. Bu sanoat tarmoqlari qishloq xo'jaligining asosiy va yordamchi tarmoqlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.86 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.86 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga