Qishloq xo'jaligida mulkchilik munosabatlari va korxonalarning shakllari

Qishloq xo'jaligida mulkchilik munosabatlari va korxonalarning shakllari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Qishloq xo'jaligida mulkchilik munosabatlari va korxonalarning shakllari - rasmi

Material tavsifi

Qishloq xo'jaligida mulkchilik munosabatlari va korxonalarning shakllari Qishloq xo'jaligida mulk shakllarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: xususiy mulk egaligi (dehqon xo'jaliklari, fermer xo'jaliklari mulki); jamoa (shirkat) mulki (qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaliklari) mulki); davlat mulki (davlat xo'jaliklariga, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalariga foydalanishga berilgan davlat mulki); aralash mulk (qo'shma korxonalar mulki). Xususiy mulk egaligi o'z manfaatlari yo'lida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Uning afzalliklari quyidagilarda ko'rinadi: xususiy mulk egaligiga asoslangan tadbirkorlikni tashkil etish nisbatan oson kechadi, ya'ni ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yengil; xususiy mulk egasi o'z biznesiga o'zi xo'jayin va mustaqil xo'jaligi yuritish hamda qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega; xususiy mulk egasi o'z mulkidan oqilona va samarali foydalanadi, uni asrab-avaylaydi. Ammo shu bilan birga uning nuqsonlari ham mavjud: ko'p holatlarda xususiy korxonaning keyinchalik o'z biznesini kengaytirish va ko'proq daromad topish imkoniyatlari moliyaviy jihatdan cheklangan bo'ladi; moliyaviy resurslarning cheklanganligi sababli tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalar ko'p holatlarda xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga moyil bo'lmaydilar; xususiy mulk egasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan bog'liq barcha vazifalarni (xodimlarni yollash va boshqarish, moddiy ta'minot, mahsulotni sotish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tashkil etish, mablag'larni jalb etish, buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarini yuritish va boshqa.) bir o'zi bajarishiga to'g'ri kelishi uning ko'p vaqtini band etadi; xususiy tadbirkorlik subyekti cheklanmagan javobgarlikka ega bo'ladi, ya'ni noto'lovlar vujudga kelganda kreditorlar uning shaxsiy mulkiga ham da'vo qo'zg'atishi mumkin. Xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko'rsatuvchi korxonalar sirasiga dehqon va fermer xo'jaliklari kiradi. Jamoa mulki (hamkorlik) biznesni tashkil etishning xususiy tadbirkorlikka nisbatan mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar korxona tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib oladilar. Bunda ular korxonani ta'sis etish jarayonida o'zlarining moliyaviy mablag'larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini ham birlashtiradilar. Shu bilan birga biznesni yuritish bilan bog'liq tadbirkorlik xatarlari hamda foyda yoki zararlarni o'zaro taqsimlaydilar. Korxonaning ustav kapitalida ishtirok etishiga ko'ra, hamkorlar turlicha mavqega ega bo'ladilar. Jamoa (shirkat) mulkiga asoslanib faoliyat ko'rsatuvchi korxonalar sirasiga qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaliklari) kiradi. Qishloq xo'jaligida davlat mulkidan foydalanib xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi davlat korxonalari ham mavjud. Ular asosan urug'chilik-seleksiya, naslchilik va boshqa tajriba-sinov davlat xo'jaliklari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari shaklida faoliyat ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko'ra, qishloq xo'jaligida tadbirkorlik faoliyati bilan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida shug'ullanish mumkin. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda Respublikamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.04 KB
Ko'rishlar soni 334 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.04 KB
Ko'rishlar soni 334 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga