Rag'batlantirish turlari va usullari (2 soat) R e j a : 15.1. Mehnatni rag'batlantirishni tashkil qilishni takomillashtirish yo'llari va mazmuni. 15.2. Mehnatni rag'batlantirishning chet el nazariyasi. 15.3. Mehnatni rag'batlantirishning usullari. 15.1. Mehnatni rag'batlantirishni tashkil qilishni takomillashtirish yo'llari va mazmuni Rag'batlantirish - bu inson omilini keng demokratiya asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo'lida g'amxo'rlik qilishni boshqarishdir. Mehnatni pirovard natijasiga qarab xodimlarni rag'batlantirish ko'ndalang turadi. Bunda moddiy rag'batlantirish usuli qo'llaniladiki, natijada bu katta samara beradi. Rag'batlantirish har doim ham menejerlar uchun muhim va etiborli funksiya bo'lib kelgan. Buning muhimligi shundaki, menejerlar doimo ishchilar bilan, odamlar bilan ishlaydilar, muloqotda bo'ladilar. Menejerlar tashkilotni maqsadlarga erishishi uchun, odamlarni birlashtirish uchun odamlarni xulq atvorini qandayligi to'g'risida bir qancha ma'lumotlarni olish uchun rag'batlantirishni amalga oshiradilar. Ijtimoiy xizmat ko'rsatish faoliyatining muhim tomonini xilma-xil rag'batlantirish omillaridan foydalanish tashkil etadi. Bu omillar jamoani ijtimoiy rivojlantirishning maqsadli dasturlarini va rejalarini bajarish, birgalikda kuch-g'ayrat sarflash natijalarini oshirish sohasidagi faol ishlarga undaydi. Bunga ijtimoiy rivojlantirish ishida tashabbus ko'rsatib, yaxshi namunasi bilan ajralib turadigan xodimlarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish kiradi. Har bir korxona va tashkilot o'z xodimlarini malum bir shaklda rag'batlantiradi, yani ular korxona va tashkilotning maqsadlariga erishishi uchun mehnat qilib, sarflagan vaqtlari, kuch-quvvatlari, aql-idroklari o'rnini to'ldiradilar. Rag'batlantirishning eng ko'p tarqalgan va odatdagi shakli albatta, pul bilan mukofotlash yoki ish xaqi to'lashdir. Lekin xodimlarga kompensatsiya to'lashning boshqa turlari ham borki, bular korxona va tashkilot ishlab chiqargan mahsulot bilan mukofotlash, kattaroq maosh to'lanadigan ishga o'tkazish, shuningdek xayriya tashkilotlari a'zolarining turli faoliyatlarda ishtirok etishdan olgan ma'naviy qoniqish hosil qilishlari va boshqalar. Shunday qilib, tashkilot muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun kadrlarni tanlash, o'qitish, baho berish va rag'batlantirish, boshqarish, yani mazkur jarayonlarni tashkil etishning alohida usullari, tadbirlarini ishlab chiqishi, foydalanishi va ularni takomillashtirish zarur. Birgalikda olingan bu usullar, tadbirlar, dasturlar inson zahiralarini boshqarish tizimlaridan iboratdir. an'anaviy ravishda bunday tizimlar to'rtta bo'lib, ular inson zahiralarini boshqarishning asosiy vazifalariga to'g'ri keladi - bu tizimlar kadrlarni tanlash, kadrlarni o'qitish va malakalarini oshirish, ularga baho berish va rag'batlantirishdir. Bazan bu so'nggi ikki tizim bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lganligi sababli ular birlashtiriladi. 15.2. Mehnatni rag'batlantirishning chet el nazariyasi Rag'batlantirish to'g'risida ko'plab nazariyalar mavjud bo'lib, ular menejerlarga odamlarni samarali faoliyatini tashkil qilishda turli xil yo'l-yo'riqlar ko'rsatadi. Rag'batlantirish bu menejerlarni chuqur o'yga soladi, chunki istak va niyatlar to'g'ridan-to'g'ri biron-bir chora tadbir amalga oshmay turib rag'batlantirilmaydi. Ular faqatgina ish natijasidan so'ng, xodimlarning o'zlarini tutishlariga qarab amalga oshiriladi. Bundan tashqari odamlarni nima uchun va qanday rag'batlantirish nazariyalari mavjud bo'lib, bu nazariyalar menejerlarning samarali natijaga erishish yo'llarini ta'minlash bilan farq qiladi. Hozirda ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.5 KB
Ko'rishlar soni
575 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.5 KB
Ko'rishlar soni
575 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:46 ]
Arxiv ichida: docx