Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi Instituttsionalizmning asoschilaridan biri D.Nort [46] institutlar tarkibida ularni uchta asosiy qismga ajratadi: - rasmiy qoidalar (konstitutsiyalar, qonunlar, sud qarorlari, ma'muriy hujjatlar va b.); - norasmiy normalar (an'analar, urf-odatlar, ijtimoiy shartlilik); - qoidalarga amal qilinishini taminlovchi (sudlar, politsiya va h.k.) majburlash mexanizmlari (masalan, jazolash tizimi). Institutning yuqorida keltirilgan ta'rifi (2.1)dan kelib chiqib, institutlar inson tomonidan ongli ravishda yaratilgan turli hujjatlar (konstitutsiyalar, qonunlar va h.k.) ko'rinishidagi rasmiy, yozilgan qoidalarda ifodalanishi mumkin. Shu bilan birga ular umumiy qabul qilingan shartlilik, xatti-harakat kodekslarida, yani norasmiy, yozilmagan normalarda namoyon bo'ladigan, jamiyatning barcha sohalariga kirib borib, an'analar, urf-odatlar ko'rinishida yoki boshqa shaklda amal qilinadigan inson ongining mahsulini o'zida namoyon etishi mumkin. Agar rasmiy qoidalar tizimi insonlar (davlat)ning qonun ijodkorligi faoliyatini o'zida aks ettirsa, u holda norasmiy normalar tizimi qay tarzda shakllanadi, degan savol tug'iladi. T.Veblen [32]ning konsepsiyasiga ko'ra, institutlarning o'zgarishi tabiiy tanlab olish qonuniga muvofiq ravishda kechadi. Insonning jamiyatdagi hayoti, huddi boshqa turdagi hayot kabi - bu yashash uchun kurashish va, o'z navbatida, tanlab olish va moslashish. Uning fikriga ko'ra, ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi ijtimoiy institutlarni tabiiy tanlab olish jarayoni bo'ldi. Institutlar - inson jamiyati va inson tabiatining rivojlanishda davom etishi va shu nuqtai nazarda erishilgan taraqqiyotni umumiy ko'rinishda eng ko'p moslashgan tafakkur tarzini tabiiy ravishda tanlash va individlarni jamiyat rivojlanishi bilan izchil o'zgarib turadigan yangi sharoitlarga majburiy moslashtirish jarayoni, deyish mumkin. Shunday qilib, T.Veblenning talqinida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi) turli xildagi institutlarni tabiiy tanlash jarayonini amalga oshirish sifatida namoyon bo'ladi. T.Veblenning nuqtai nazari F.Xayekning nuqtai nazariga ham yaqin. Xayekning fikriga ko'ra, jamiyatda qaror topgan axloq qoidalari va normalarini tanlashni biologik tanlovga qiyoslash mumkin. Uning hisoblashicha, rasmiy qoidalar bilan bir qatorda (an'analar va urf-odatlar ko'rinishida) norasmiy normalarning mavjud bo'lishi shu bilan shartlanganki, tanlab olish jarayonida, shakllangan urf-odatlar va axloqda haqiqiy holatlar soni hisobga olinishi mumkin - individlar qabul qilishi mumkin bo'lgan narsalardan ko'proq; buning oqibatida, an'ana malum jihatlarda inson ongidan ustun turadi. Jamiyat qanchalik ko'p xilma-xillikka yo'l qo'ysa, ijtimoiy maqsadga muvofiq institutlarni tanlab olish shunchalik samarali kechadi. Yuqorida keltirilgan fikrlardan shu narsa kelib chiqadiki, agar rasmiy qoidalar sun'iy tarzda o'ylab topilishi va majburan joriy etilishi mumkin bo'lsa, F.Xayekning takidlashicha, norasmiy normalar qandaydir o'tmishdagi voqealar bilan belgilanadi, lekin qandaydir tuzilma yoki model (institutsional matritsa)ning ongsiz tarzda o'zini o'zi tashkil etishi jarayonining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi. Boshqacha aytganda, norasmiy institutlar - bu shartlilik, o'zini o'zi qo'llab-quvvatlovchi, uchinchi tomon (davlat)ning aralashuvisiz, o'z o'zidan bajariladigan qoidalardir. Takidlash lozimki, evolyutsiya atamasidan foydalanilsa-da, tabiiy tanlash ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.98 KB
Ko'rishlar soni
461 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.98 KB
Ko'rishlar soni
461 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:46 ]
Arxiv ichida: docx