Rejalashtirishning asosiy tamoyillari va usullari Qishloq xo'jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va texnologik ko'rsatkichlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va nisbatlarni ta'minlash, rivojlanish yo'llari va sur'atlari, tarmoqlar va bo'linmalar, takror ishlab chiqarishning asosiy bo'g'inlari o'rtasida to'g'ri mutanosiblikni shakllantirish jarayoniga rejalashtirish deb ataladi. Qishloq xo'jaligi korxonasi va uning ichki ishlab chiqarish bo'linmalari hamda tarmoqlari faoliyatini ifoda etuvchi rejalar ichki xo'jaligi rejalari deb ataladi. Rejalashtirishning asosiy vazifasi korxona faoliyatini uzluksiz va jadal rivojlantirish, tarmoqlar o'rtasida zarur mutanosiblikni ta'minlash orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta'minlashdan iborat. Qishloq xo'jaligi korxonalarini rejalashtirish bir nechta tamoyillarga tayanib amalga oshiriladi. Rejalarning realligi rejalashtirishning muhim tamoyilidir. Bu tamoyilga rioya qilmaslik rejalashtirishni ma'nosiz qilib qo'yadi, chunki rejaning biror soha va korxonada bajarilmay qolishi, u bilan bog'liq bo'lgan soha shartnomalari bajarilmay qolishiga, jarimalar to'lashga, ishonchni yo'qotishga olib keladi. Rejalar bajarilishi uchun ular ilmiy jihatdan asoslangan bo'lishi kerak. Rejalar jamiyatni va ishlab chiqarishni rivojlantirishning obyektiv iqtisodiy qonunlari va qonuniyatlariga mos kelishi, fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlariga, tabiiy, iqtisodiy va mahalliy shart-sharoitlarga, ilg'orlar tajribalariga tayanishi va korxonaning mavjud resurs salohiyatiga asoslanishi lozim. Rejalashtirishning uzviylik va o'zaro bog'liqlik tamoyili talabiga strategik, istiqbolli, joriy va operativ rejalar o'zaro bir-biri bilan bog'liq holda, bir-birini to'ldiradigan negizda tuzilishi va korxonaga berilgan davlat buyurtmalari orqali mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti rejasi bilan bog'liqligi ta'minlanishi kerak. Rejalashtirishning mutanosiblik va muvozanatlilik tamoyili mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini mutanosib va uyg'un rivojlantirish qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Unga ko'ra korxona faoliyatining barcha tarmoq va sohalari faoliyatini tashkil qilish yagona uyg'unlikda va mutanosiblikda amalga oshiriladi. Buning uchun tarmoqlararo mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar balanslari tuziladi. Reja intizomiga to'la rioya qilish va uni operativ nazorat qilish rejalashtirishning muhim tamoyilidir. Rejalarni amalga oshirish jarayonida turli sabablarga ko'ra nomutanosibliklar, reja ko'rsatkichlaridan chetga chiqishlar va belgilangan vazifalarni bajarilmay qolish ehtimollari vujudga kelishi mumkin. Shu tufayli reja ko'rsatkichlarining bajarilishini doimo nazorat qilib borish, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, zarur ichki rezervlarni qidirib topish va zarur bo'lganda reja ko'rsatkichlariga tuzatishlar kiritib borish talab etiladi. Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish qoidalar, yo'llari va usullari yig'indisi rejalashtirish uslubiyotini tashkil etadi. Rejalarni tuzishda, balans, variant, me'yoriy-resurs, maqsadli dasturlash hamda iqtisodiy-matematik usullardan keng foydalaniladi. Balans usuli rejalashtirishning eng asosiy usuli bo'lib, нer resurslari, mehnat resurslari, energetik resurslar, material resurslar va moliyaviy resurslar balanslarini tuzish orqali rejaning ayrim bo'limlari va ko'rsatkichlari o'rtasida muvofiqlik hamda muttanosiblik ta'minlanadi. Variant yoki hisob-konstruktiv usul asosida texnikaviy-iqtisodiy koeffitsшнentlarning, moddiy-pul xarajatlarining, tarmoqlararo va ishlab chiqarish elementlari mutanosibligining turli variantlarini ishlab chiqish yotadi. Maqsadli dasturlash usuli orqali korxonani rivojlantirishning asosiy vazifasi, ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.83 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.83 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:46 ]
Arxiv ichida: doc