Resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarni qondirish

Resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarni qondirish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarni qondirish - rasmi

Material tavsifi

Resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarni qondirish. Iqtisodiyotning bosh muammosi Iqtisodiyot nazariyasi asosini ikki narsa: jamiyat a'zolarining ehtiyojlarini cheksizligi va shu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo'lgan tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish uchun kerak resurslarni cheklanganligi tashkil etadi va barcha muammolarni qamrab oladi. yer yuzida aholi bugunga kelib 6 millard kishidan oshdi. yerdagi tabiiy boyliklar, ekin maydonlari, o'rmonlar, qazilma boyliklar, chuchuk suv, o'simlik, hayvonot dunyosi miqdori cheklangan. Ular borgan sari kamayib borayapti. Sarf etilgan yer osti boyliklarini umuman tiklab bo'lmaydi. Ma'lumki, ehtiyojlarni qondirishning yagona yo'li ishlab chiqarish. Buning uchun esa turli-tuman resurslar kerak. Resurslar deganda turli ehtiyojlarni qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish uchun ishlatiladigan tabiat tomonidan yoki odamlar tomonidan yaratilgan ne'matlar va mehnatga layoqatli kishilarni tushunamiz. Bu resurslar moddiy va mehnat resurslariga bo'linadi. 1.Moddiy resurslar. Uning o'zi ikkiga: tabiiy resurslar va mehnat bilan yaratilgan resurslarga bo'linadi. Tabiiy resurslarga yer, foydali qazilmalar kabilar kiritilsa, mehnat bilan yaratilgan resurslarga kapital kiradi. U bino-inshoot, asbob-uskuna, mashina, mexanizmlar, har xil qurilma, xom ashyo, materiallar kabilarni o'z ichiga oladi. 2.Mehnat resurslari-mehnatga layoqatli, ma'lum malaka va mahoratga ega kishilardan iborat. Ishlab chiqarish resurslari tasnifi Keyingi paytda ko'pgina iqtisodchilar bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy va axborot resurslarini alohida ajratib ko'rsatishmoqda. Moliyaviy resurslar jamiyat tomonidan ishlab chiqarishga, uning rivojlanishi uchun ajratilgan pul mablag'laridan iborat. Uning manbalari qimmat baho qog'ozlar, soliqlar, pul jamg'armalari, davlat zayomlari kabilardir. Bozor iqtisodiyoti fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida axborot resurslarisiz xo'jalik yurituvchi subyektlar «qo'l-oyoqsiz» bo'lib qolishadi. Axborot resurslari turli-tuman, asosiy qismini esa kompyuter texnikasi yordamida avtomatlashtirilgan boshqarishni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan narsalar, ma'lumotlar tashkil qiladi. Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma'lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o'z chegaralariga ega Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma'lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo'lmaydi. Masalan, har qancha yaxshi natijaga erishish uchun harakat qilingan taqdirda ham 1 tonna rudadan - 1 tonna metall olib bo'lmaydi. Insonlarning ham, mashinalarning ham unumini chegarasi bor. Mavjud resurslardan ma'lum miqdor va turdagina mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Zarur resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklanishiga olib keladi. Ishdab chiqarish imkoniyati deganda nimani tushunamiz? Ishlab chiqarish imkoniyati deb, mavjud iqtisodiy resurslardan to'la foydalanish evaziga eng ko'p mahsulot ishlab chiqarish tushuniladi.U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ifodalaydi. Har bir xo'jalik, oila, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o'zining ana shunday chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo'lgani uchun barcha tovarlar bo'yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko'rsatish qiyin. Ehtiyojlarni doimo yuksalib borishi resurslarni esa cheklanganligi sababli ularni to'la qondirish uchun zarur bo'lgan miqdorda tovar (xizmat)larni ishlab ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.34 KB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.34 KB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga