Retsession va inflyatsion uzilish. Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U0) potentsial (U*) hajmidan kam bo'lsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Yani, AD=AS tenglikka erishilgan bo'lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to'liq bandligi darajasini ta'minlamaydi. Yalpi talabning yetishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta'sir ko'rsatadi. E Y=E E2 =E1 + ΔYe V E1=C+I+G+Xn Retsession uzilish Ye A Uo Y* Y 15-chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi o'rtasidagi retseession uzilish. YaMM (YaIM)ni to'liq bandlilikning noinflyatsion darajasiga qadar o'stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko'paytirilishi zarur bo'lgan miqdor retsession uzilish deyiladi (15-chizma). Ishlab chiqarishda to'liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo'qotish uchun jami talabni rag'batlantirish va muvozanatni «A» nuqtadan «V» nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o'sishi ΔU quyidagiga teng bo'ladi: Ye Y=E E1=C+I+G+Xn A Ye E2=E1-ΔYe inflyatsion uzilish B 45 Y* Y0 Y 16-chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi o'rtasidagi inflyatsion uzilish. ΔU=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori YaIMni to'liq bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo'lgan miqdor inflyatsion uzilish deyiladi. Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potentsial (U*) hajmidan ko'p bo'lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Jami talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda jami talab hajmining jami taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo'lishi oqibatida haqiqiy va potentsial YaIM hajmlari o'rtasida inflyatsion uzilish ro'y beradi (16-chizma) Bu uzilishni bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda jami talabni cheklash zarur. Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan V nuqtagacha surishni anglatadi. Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔU) qisqarish quyidagicha bo'ladi: ΔU= -Inflyatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo'lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o'laroq bu modelda baholar darajasi va ish haqi o'zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko'ra tovar moddiy zahiralarining o'sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo'ladi. Qisqacha xulosalar Klassik iqtisodchilar makroiqtisodiy muvozanat faqat to'liq bandlik sharoitida ro'y beradi, qisqa mmuddatlt buzilishlar esa bozor mexanizlari tomonidan, yani tbaho, ish haqi kabi dastaklarning ishga tushishi bilan bartarafts etiladi deb hisoblashishadi. Klassik iqtisodchilar nazariyasidan farqli o'laroq ingliz iqtisodchisi J. Keyns o'zining to'liq bandlik mavjud bo'lmagan sharoitda ham makroiqtisodiy muvozanat ro'y beradi, tartibga solinmagan iqtisodiyotda to'liq bandlilik faqatgina tasodifiy ro'y beradi deb hisoblaydi. Keyns modelida makroiqtisodiy muvozanat ishlab chiqarishni taminlovchi ikkita omil yalpi xarajatlar va yalpi daromadlarning kesishuv nuqtasida ro'y beradi. Bu modelda tovar zahiralarining o'zgarishi makroihtisodiy muvozanatni taminlovchi ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.14 KB
Ko'rishlar soni
988 marta
Ko'chirishlar soni
269 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.14 KB
Ko'rishlar soni
988 marta
Ko'chirishlar soni
269 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:46 ]
Arxiv ichida: doc