Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to'g'risidagi nazariyalar Farbda «noiloj rivojlanish», «tashqi to'rtki» nazariyalari keng tarqalgan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ularning ahvoli og'ir bo'ladi. ochlik-yalang'ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg'armalar paydo bo'lishiga to'siqdir va kapital qo'yilmalar ham past darajada saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o'sishiga yo'l bermaydi va kambag'allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsizlik rivojlanishi). Bu og'ir ahvoldan chiqishning birdan-bir yo'li - tashqi «turtki yo'li» hisoblanadi. Minimum kapital qo'yilmalarning asosan tashqi investitsiyalar hisobiga asta-sekin o'sishiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo'yilmalar miqdori malum kritik darajadan yuqori bo'lishi kerak, shu bilan turg'unlik holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar uchun qulay «iqlim»ni yuzaga keltiradi. Farbdagi ko'p iqtisodchilar bu mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o'tkazishni ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka (koloniya) qaram mamlakatlari bilan metropoliya o'rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo'lmagan, noekvivalent almashuv yo'li bilan qo'shimcha boylik orttirish imkoni bo'lgan. Ilgari mustamlaka bo'lgan qaram davlatlar mustaqillikka erishgandan keyin ham avvalgi metropoliyaga ko'p vaqt davomida ko'p jihatdan bog'liq bo'lib qolaverdi. Bu davrga oid neokolonializm ta'limotlari yuzaga keldi. «Solishtirma chiqimlar» nazariyasining yangi variantlari J.Vayner, G.Xaberler, Ch.Kindleberger va boshqalar tomonidan har tomonlama ishlab chiqilgan. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, rivojlanayotgan davlatlarda tabiiy resurslar anchagina bo'lganligini hisobga olib, oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlariga ixtisoslashish maqul, sanoatni rivojlantirishga hojat yo'q, chunki an'anaviy eksport tovarlari hisobiga xalqaro bozordan kerakli mahsulotlarni almashib olish mumkin. Bu fikrga qo'shilib bo'lmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kelmaydi. Masalan, Malayziya xuddi shunday yo'l to'tdi, faqat o'z xom ashyosini tayyor mahsulotga aylantirgachgina muhim iqtisodiy yutuqlarga erishdi. «Ishlab chiqarish omillari» nazariyasida ham noekvivalent almashuv tizimi, chetga esa faqat xom ashyo chiqarish taklif etiladi. Chet el kapitali uchun keng imkoniyatlar yaratish fikri ustundir. Bazi olimlar rivojlanayotgan mamlakatlarni «indus-trlashtirish» nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Masalan, N.Kaldor, J.Meyer va boshqalarning fikricha, shaxsiy istemolni ixtiyoriy qisqartirib, iqtisodiyotni moliyalash uchun jamg'armalar etarli emas, davlat soliq tizimi orqali istemolni majburiy yo'l bilan qisqartirish kerak. Ayrim hollarda «me'yordagi inflyatsiya»dan foydalanish taklif etiladi. Jamg'armalarni tashqi moliyalash manbalari bo'yicha turli fikrlar bildiriladi. Ko'pchilik mualliflar ayniqsa o'tish davrida chet el mamlakatlari (birinchi navbatda rivojlangan mamlakatlar) tomonidan iqtisodiy va texnikaviy yordam zaruriy chora sifatida ko'rsatiladi, undan keyin esa bu ishlar «xususiy chet el investitsiyalari» bilan almashadi (P.Roo'zenshteyn-Rodan, U.Xiller, G.Meyer). Rivojlanayotgan mamlakatlarni industrlashtirish strategiyasi bo'yicha ham turli g'oyalar mavjud. Bazilar (V.Lyuis, P.Bauer) faqat qishloq xo'jaligi sohasi bilan yengil sanoatni ustun darajada rivojlantirishni taklif etadilar, boshqalar boshida oddiyroq, keyinchalik texnika va texnologiyasi murakkab bo'lgan tarmoqlarga o'tishni lozim deb hisoblaydilar. Qishloq xo'jaligini rivojlantirish ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.15 KB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.15 KB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:46 ]
Arxiv ichida: docx