Shartnoma tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Shartnoma tushunchasi Shaxslar o'zaro hamkorligining umumiy doiralari institutlar tomonidan belgilanadi. Bitimlarni tuzish shartlarining muayyan doiralari esa o'zaro hamkorlikning turli ishtirokchilari o'rtasida qayd etiladi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 9-bobi (101-112-moddalar) bitimlarga bag'ishlangan. Agar mulkchilik huquqlari nazariyasining atamalaridan foydalansak, mulkchilik huquqlari bilan almashish va ularni himoyalash to'g'risidagi har qanday kelishuvni shartnoma, deb atash mumkin. Shartnomani tuzishda shaxslar rasmiy va norasmiy me'yorlarni muayyan bitim ehtiyojlari uchun qo'llagan holda, ulardan foydalanishadi. Boshqacha aytganda, shartnoma belgalangan institutsional doiralarda amalga oshiriladigan almashuv maqsadlari va shartlarining shaxslar tomonidan ongli ravishda va erkin tanlanishini aks ettiradi. Shartnoma - belgalangan institutsional doiralarda shaxslarning ongli ravishda va erkin tanlashi natijasi hisoblangan mulkchilik huquqlari bilan almashish va ularni himoyalash to'g'risidagi kelishuv. Shunday qilib, institutsional tahlil oqilona tanlov modelining umumiy emas, balki xususiy holatini ko'rib chiqish uchun zamin yaratadi. Ushbu model universal emas, u alohida institutsional doiralarda shaxslarning xatti-harakatni yoritish bilan chegaralanadi, bunda shaxslar ushbu doiralarga cheklangan darajada ta'sir ko'rsatadi. Oqilona tanlov modelini institutsional doiralarga joylashtirish «doira samarasi» deb nom oldi. Biroq oqilona tanlov institutsional doiralarini faqat chegaralash (giyohvondlik moddalari, qurol-aslaha, boshqa ijtimoiy xavfli tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisi to'g'risida shartnomalar tuzish uchun qonuniy taqiq) sifatida talqin etish noto'g'ri bo'ladi. Institutsional doiralar nafaqat cheklaydi, balki oqilona tanlovni amalga oshirish uchun zamin yaratishi mumkin. Shu tariqa, ishonchning norasmiy me'yori ham, tomonlarning shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatlarining paydo bo'lishi to'g'risidagi rasmiy qoida ham, hatto shartnoma tuzish va uni bajarish lahzasi o'rtasida ancha vaqt o'tgan taqdirda ham huquqlar bilan almashish imkonini beradi. Bunday institutsional doiralarda amal qiluvchi «munosabatli» odam, o'z xususiyatlariga ko'ra homo oeconomicusdan farq qiladi - birinchi tushuncha ikkinchisiga qaraganda ancha keng. «Munosabatli» odam oqilona maqsadli harakat me'yoriga amal qiladi, lekin shu bilan birga u o'z xatti-harakatini ishonch, empatiya va bozor konstitutsiyasini tashkil qiluvchi boshqa me'yorlar asosida ham quradi. Uni tuzish va bajarish lahzalarining vaqt bo'yicha mos kelmasligini nazarda tutuvchi shartnoma odatiy holatni o'zida namoyon etadi. Bozor konstitutsiyasiga ko'ra, shaxs xatti-harakatiga «tabiiy» omillarning ta'sirini aniq oldindan aytishning iloji yo'q. Chunki bozor konstitutsiyasi shaxs va «tabiat» o'rtasidagi emas, balki shaxslar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni tartibga soluvchi me'yorlar yig'indisini o'zida namoyon etadi. Shaxslar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik natijalariga «Tabiat» ta'sirining uchta varianti mavjud. «Tabiat» o'zaro hamkorlik natijalariga ta'sir ko'rsatmaydi, shaxslar ushbu holatda aniqlik sharoitida bo'ladi «Tabiat» o'zaro hamkorlik natijalariga ta'sir ko'rsatadi, lekin uning ta'sirini oldindan aytish mumkin. Shaxs tomonidan qabul qilinadigan qarorni muqobil natijalarning paydo bo'lishi ehtimoli malum bo'lganida «hisoblab chiqish» mumkin. «Tabiat» o'zaro hamkorlik natijalariga ta'sir ko'rsatadi, lekin uning ta'sirini oldindan aytib bo'lmaydi. Qaror qabul qilish natijalarini «hisoblab chiqish» ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.15 KB
Ko'rishlar soni 218 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.15 KB
Ko'rishlar soni 218 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga