Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi

Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzodlarning eng oliysi. U boshqa jonzodlardan o'zining aql idroki bilan ajralib turadi. U hayot kechirish uchun turli ehtiyojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay olmaydi. Insonlarning yashashi,har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo'lgan barcha ne'matlar ularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o'z ehtiyojlarini qondirish yo'lini qidiradi. ehtiyojlarni qondirishi zarurligi, ya'ni yashash uchun kurash uni faollikka undaydi. Insonning ehtiyojlari xilma-xil. U yashar ekan, ovqat eydi, kiyim-kechak kiyadi, bilim oladi, boshqalar bidan muloqotda bo'ladi, do'stlashadi va hokazo. Ehtiyojlar turli shakl xususiyat, sifat, belgi, miqdor va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Har bir inson uchun o'zining qadr - qimmat o'lchovi mavjud Bir inson tomonidan qadrlangan,hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan narsa ikkinchi bir kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasligi mumkin. Ahamiyatiga ko'ra ehtiyojlarni tartibga solish u yoqda tursin, hamma insonlar uchun eng zarur bo'lganlarini ham sanab o'tish qiyin. Har bir inson uning uchun qaysi ehtiyojlar eng zarurligini o'zi belgilaydi. XX asr ko'pincha «axborot asri» deb atalgan. XXI asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Axborotni biz turli-tuman manbalardan olamiz. Masalan: radio, televideniye, gazeta va jurnal, kitob, global kompyuter tarmog'i internet kabilardan olamiz.Shu bilan birga «an'anaviy» axborot manbalari mavjud va doimo saqlanib qoladi. Ular ota-ona, qarindosh-urug', do'st-birodarlar, qo'ni-qo'shni, tanishlar, tasodifiy uchrashgan odamlar va hokazo. Biz har daqiqada yangi axborot olamiz. Bizni atrofimizni o'ragan olam tabiatni kuzatib yangi-yangi ma'lumotlar olamiz. Bizni organizmimiz axborot qabul qilishning doimiy manbai. Aynan axborot bizni barcha ehtiyojlarimizni shakllantiradi. Bizni barcha odatlarimiz, his-tuyg'ularimiz, bilim va hayot tajribamiz, u yoki bu narsaga baho berishimiz, avvaldan o'ylagan yoki beixtiyor hohish-istaklarimiz - barcha-barchasining asosida his-tuyg'ularimiz, nerv tomirlarimiz orqali organizmimiz qabul qilgan axborot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi, mavjudlarini tubdan o'zgartiradi. Axborot insonni beixtiyor harakatga solishi yoki natijasini ko'z o'ngiga keltirgan yoki aniq bilgan, tushungan holdagi xatti-harakatini boshqarishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko'rsatiladi. Ilgari bunday tovarlar bo'lmagani uchun ehtiyojlar ham bo'lmagan. Masalan: kompyuter, qo'l telefon va boshqalar. Avvaldan mavjud bo'lgan, lekin u tovarlarni xususiyatlarini bilmagan odam bu xaqda yangi axborot olishi tufayli yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: an'anaviy oziq-ovqat mahsulotlari sabzavot, mevalardagi vita'minlar, turli moddalar yoki boshqa xususiyatlari to'g'risidagi yangi ma'lumotlar. Kishining hayotida yangi vaziyat, yangi muammolarni paydo bo'lishi natijasida ham yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: oilada farzand tug'ilishi natijasida chaqalok uchun zarur buyumlarga, kasal bo'lganda doriga, kasbini o'zgartirganda ish qurollariga va boshqalar. Xullas inson butun hayoti davomida yangi-yangi axborot oladi, unga muvofiq ravishda ehtiyojlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.6 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.6 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga