Soyaviy iqtisodiyot tushunchasi va uning tuzilishi, iqtisodiy sikl

Soyaviy iqtisodiyot tushunchasi va uning tuzilishi, iqtisodiy sikl

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Soyaviy iqtisodiyot tushunchasi va uning tuzilishi, iqtisodiy sikl - rasmi

Material tavsifi

Soyaviy iqtisodiyot tushunchasi va uning tuzilishi Iqtisodiy sikl. Soyaviy iqtisodiyot muammolari tadqiqotchilar etiborini X asrning 30-nchi yillarida o'ziga tortdi. Keyingi 70-nchi yillarda bu sohada jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Bunday ishlardan dastlabkisi soniga P. Gutmanning(AQSH) Noqonuniy iqtisodiyot (1977y) degan kitobda noqonuniy iqtisodiyotning ko'lami va rolini etiborga olmaslikning noto'g'riligi etirof etilgan edi. 1983 yilda Belefeld shahrida birinchi soyaviy iqtisodiyot bo'yicha xalqaro anjuman o'tkazilib, unda har xil ho'jalik tizimlari sharoitida soyaviy iqtisodiyot muammolariga tegishli bo'lgan 40ga yaqin ma'ruzalar qilingan edi 1991 yilda Jenevada xufiyona va norasmiy iqtisodiyotga bag'ishlangan Yevropastatistika mutaxassislarining anjumani o'tkazildi. Uning natijasida soyaviy iqtisodiyotning statistikasi bo'yicha bozor iqtisodiyotida asoslangan mamlakatlar uchun maxsus yo'riqnoma chop etildi. V mae 1996 yilning may oyida BMTning YevropaIqtisodiy Hayati (Yevrostat) i Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish tashkilotlarining qo'shma majlisida boshqa masalalar bilan bir qatorda jahondagi soyaviy iqtisodiyot ko'lamining baholash muammosi ko'rib chiqildi va natijada Yevrostat ga tegishli bo'lgan maxsus ishchi guruh tashkil etildi. Soyaviy iqtisodiyot deganda umumiy yondashuv doirasida, murakkablashgan norasmiy iqtisodiy munosabatlar asosida hosil bo'lgan va undagi daromadlarini mamlakatning soliq tizimidan olib qochilgan hamda davlat qaydnomasiga kiritilmagan, iqtisodiyot tushuniladi. Soyaviy iqtisodiyotning barcha turlari ikki guruhga bo'linadi: a) natijalari YaIM tarkibida hisobga olinadigan ishlab chiqarish faoliyati; b) YaIM tarkibiga kiritilmaydigan va statistik xatolarni kamaytirish maqsadida maxsus hisobda qayd etiladigan shaxsga va mulkka qarshi sodir etiladigan jinoyatlar ; Soyaviy iqtisodiyotning ishlab chiqarishga oid va YaIMga kiritiladigan turining tarkibigaquyidagi tashkil etuvchilari kiritiladi: 1. Soliq to'lovlari va boshqa shunga o'xshash majburiyatlarni bajarmaslik maqsadida ishlab chiqaruvchilar tomonidan bekitiladigan yoki kamaytirib ko'rsatiladigan qonuniy faoliyatning ko'rsatkichlari; 1.Norasmiy (noqonuniy) faoliyatning ko'rsatkichlari, shu jumladan: Yakka mulkdorga tegishli bo'lgan va ko'pgina holatlarda oilaviy maqomiga ega bo'lgan, yani o'z ehtiyojlarini qondirishga mo'ljallangan, korporatsiyalashmagan kasanachilik korxonalari; Norasmiy bandlikni taminlovchi korporatsiyalashmagan korxonalar faoliyati ( quruvchilarning vaqtinchalik brigadalari va hok). Norasmiy (noqonuniy) faoliyatning ko'rsatkichlari, shu jumladan: noqonuniy tarzda amalga oshiriladigan (misol uchun, litsenziyasiz va maxsus ruxsatnomalarsiz), ammo qonuniy asosga ega bo'lgan faoliyat turlari; qonun tomonidan taqiqlangan, ammo bozor talablariga mos bo'lgan tovarlar va xizmatlarini ishlab chiqarish va tarqatish bo'yicha faoliyat turlari ( giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va tarqatish, fohishabozlik, kontrabanda). Ishlab chiqarish siklining bosqichiga qarab: soyaviy ishlab chiqarish; soyaviy taqsimot (daromadlarni hisob-kitobdan bekitilgan, iqtisodiy jinoyatlar); soyaviy almashuv (noqonuniy tarzda ishlab chiqarilgan mahsulot, noqonuniy olingan boyliklarni sotish va hok.); soyaviy istemol (o'zi ishlab chiqarilgan mahsulotni istemol qilish ) 2. Jinoiy iqtisodiy faoliyatining mazmun-mohiyati. Soyaviy iqtisodiyot determinantlari. Iqtisodiy faoliyatning soyaviy sohaga taaluqligining mezonlari sifatida quyidagilar hisoblanadi: moddiy boyliklarni yoki ularga egalik huquqlarini o'zlashtirish, iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish, xarajatlar va xatarlarni darajasini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.92 KB
Ko'rishlar soni 284 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.92 KB
Ko'rishlar soni 284 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga