SWOT tahlili SWOT tahlili bu yangi g'oyalar va tashabbuslar bo'yicha strategik rejalashtirish va qaror qabul qilishda yordam beradigan usul hisoblanadi. SWOT so'zi quyidagi inglizcha so'zlarning qisqartmasidan olingan: S - Strengths (Kuchli tomonlar); W - Weaknesses (Zaif tomonlar); Kuchli Zaif O - Opportunities (Imkoniyatlar) va Tomonlar Tomonlar T - Threats (Xavflar). S- W- Weakness Strengths es Siz o'z loyihangiz g'oyasini aniqlaganingizdan keyin, uni tahlil O - T- qilishingiz kerak. Yani kuchli va zaif Opportuni Threats Imkoniya ties tomonlarini, imkoniyat va xavflarini tlar Xavflar aniqlashingiz lozim. Bu bir qarorga kelishingiz va rejalashtirishingizni osonlashtiradi. Masalan, loyihangizning kamchiliklari, afzalliklari yoki loyiha oldida qanday xavflar bo'lishi mumkinligini oldindan aniqlashda SWOT tahlili sizga yordam beradi. Shu bilan birga, tahlil orqali aniqlangan muammolarga oldindan ta'sir qilishingiz mumkin bo'ladi. SWOT tahlilini oson tushunish uchun uni 4 katakli jadvalda namoyish etamiz. Tepadagi ikki katakda kuchli tomonlar va zaif tomonlar ifodalangan va ular tashqi omillar deb ataladi. Pastdagi ikki katakka imkoniyatlar va xavflar qo'yilgan va ular ichki omillar deb ataladi. Kuchli tomonlar Zaif tomonlar Imkoniyatlar Xavflar SWOT tahlili quyidagi savollarga javob topishda qo'l keladi: Ushbu loyihani amalga oshirishda o'zingiz yoki tashkilotingizning kuchli tomonlari yoki farqli afzalliklari nimada? O'zingiz yoki tashkilotingizning zaif va nozik tomonlari nimada? Aniqlangan kamchiliklar orasida qaysi birini birinchi o'rinda bartaraf etishga harakat qilishingiz kerak? Loyihaning samarali amalga oshishi uchun qanday imkoniyatlar mavjud? Loyihani amalga oshirishda qanday to'siqlar va xavf-xatarlar bo'lishi mumkin? Ularning oldini olish uchun nima qilish kerak? Quyida bir misol orqali biz SWOT tahlilini o'tkazamiz. Azamjon Dang'arada sog'lomlashtirish markazini ochmoqchi. Uning fikricha, sog'lomlashtirish markazi barcha shahardagi bekorchi yoshlarga sport bilan shug'ullanish, sog'lom turmush tarzini o'rganish va o'z sog'liklarini tiklashga yordam beradi. Shu bilan birga, sog'lomlashtirish markazi yangi ish o'rinlari yaratadi va turli sport, uqalash (massaj) kabi kurslarni taqdim etadi. Kuchli tomonlar (Strengths): Yo'naltiruvchi savollar: Loyihani amalga oshirishda boshqalardan qanday afzalliklaringiz bor? Yetarli tajribaga egamisiz? Qaysi qobiliyatlaringiz loyihaga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin? Sizga yordam beradiganlar kimlar? Qancha mablag' topa olasiz? Raqobatchilardan qanday ustunliklaringiz bor? Nimalar borasida muvafaqqiyatga erishishingiz mumkin? Bir necha yil oldin Qo'qon shahridagi shu kabi sport markazida oddiy karate murabbiysidan rahbargacha ko'tarilganman. Shu sohani va uni boshqarishda nimalar kerakligini juda yaxshi bilaman. Men hozirgi kunda boshqarib kelayotgan nodavlat tashkilotim shaharda juda taniqli, tashkilotim orqali reklama qilish va yangi markaz to'g'risida ma'lumot tarqatishim oson bo'ladi. Hokimiyat bizga shahardagi qarovsiz bo'lgan va toshloq holatdagi joyni 10 yil muddatga bepul ijaraga bermoqchi. Joyi yaxshi va u yerga shahar transporti boradi. Bu yerda ijara to'lamasdan 10 yil ichida foyda ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
447.97 KB
Ko'rishlar soni
339 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:46
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
447.97 KB
Ko'rishlar soni
339 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:46 ]
Arxiv ichida: pdf