Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari. Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o'tmishga borib taqalsa-da, uning hozirgi zamon tushunchasi XVII asrda paydo bo'lgan va ko'pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan. Keyinchalik real xo'jalik hayotida qatnashuvchi kapitalning mulkdor kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to'g'ri kelmay qoladi. Hozirgi zamon g'arb adabiyotida ham tadbirkorlikka foyda olish maqsadini ko'zlab xo'jalik yuritish san'ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo'lishi, novatorlik, xavf-xatarga nisbatan tayyor bo'lish va shu kabi ko'p qirrali tomonlari bilan qaraladi. Hozirgi kunda bizning iqtisodiy tafakkurimiz, aniqrog'i boshqarish nazariyasi xam tadbirkorlik faoliyatini shunday tushunish tomon bormoqda. Jumladan, Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunida ta'riflanishicha tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas'uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Qisqa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo'lish shart emas, u zarur vositalarni ijaraga olishi, ssuda olishi va ishni yuritishi mumkin. Tadbirkor bozordagi talabni qondirish imkoniyatlarini oldindan ko'ra oladi va ularni qondirish niyatida zarur bo'lgan sarmoyalarni jalb qiladi, ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayonida birlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o'zini iqtisodiy jihatdan to'la namoyon qila olmaydi va, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchilarga etarlicha daromad keltirmaydi. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to'rtta o'zaro bog'liq vazifasini aniqlash bilan to'liq tushuniladi. Tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida yer, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg'unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi. Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko'paytirish bo'yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi. Tadbirkor - yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati -bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining shart-sharoitlari. Tadbirkorlikning rivojlanishi, o'z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo'lishini taqozo etadi, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy -iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi. Birinchidan, tadbirkor xo'jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o'zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo'yicha malum huquq va erkinliklar mavjud bo'lishini taqozo ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.1 KB
Ko'rishlar soni
369 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.1 KB
Ko'rishlar soni
369 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:47 ]
Arxiv ichida: doc